So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Kamoliddin Tojiev: "Barcha o'yinlarda oxirigacha kurashyapmiz" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Barcha o'yinlarda oxirigacha kurashyapmiz"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Bugun o'yinni yaxshi boshladik. Afsuski, yo'q joydan gol o'tkazib yubordik. Bu esa futbolchilarimizga tasir qildi. Keyinroq o'zimizga kelib oldik va vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Oxirgi soniyalargacha hamma o'yinlarda kurashyapmiz, buning uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. O'ylaymanki, qiziqarli o'yin bo'ldi. "Dinamo" ham juda yaxshi, futbol o'ynaydigan jamoa.

- "Paxtakor"ni jadvalning yuqori qismida ko'rishga odatlanib qolganmiz. Lekin hozir vaziyat shundayki, boshqalar ilgarilab ketdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Birinchi davrada ko'p yutqazib qo'ydik. Bu esa hozir ham tasir qilyapti. Lekin oxirigacha kurashamiz.

- Ketma-ket o'yinchi almashtirishni qanday izohlaysiz?

- Futbolchilarda toliqish borligini ko'rib shu qarorga keldik. Bu bilan vaziyatni tezroq o'nglashga harakat qildik.



- Yozgi transfer oynasida Aziz Turg'unboev taklif etildi. Negadir uning imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmayapti?

- Aziz chap qanot himoyasida ham, yarim himoyada ham birdek o'ynay oladi. Uning oldinga borib yana orqaga qaytishga bemalol kuchi etadi. Shu bois hozircha faqat qanotda o'ynatyapmiz.

- Turg'unboev, Abdixoliqov, Erkinov kabi futbolchilar bungacha legioner bo'lganlar va endiliklar "Paxtakor"da o'ynashyapti. Ammo bu futbolchilarda etakchilik qobiliyati ko'rinmayapti.

- Bir narsani unutmang, chempionatimiz darajasi ancha oshgan. Biz saviya bo'yicha arablardan kuchlimiz. Hammasi sekin-asta bo'ladi.

- Jamoangiz tarkibi kuchaydi, yangi futbolchilar qo'shildi. Muxlislar esa shunday deyishyapti: Kamoliddin Tojiev yoshlar bilan yaxshiroq ishlardi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- Aytganingizdek, yoshlar bilan doim ishlab kelganmiz va bundan keyin ham davom etadi. Qo'l ostimizda yaxshi futbolchilar jamlangan. Yoshlarni tarbiyalab terma jamoa darajasiga olib chiqishga harakat qilamiz. Lekin hadeb yoshlarga suyanib qolmaslik kerak. Baribir futbolda tajriba muhim rol o'ynaydi.

- Stadiondagi muhit haqida

- Muhit juda zo'r bo'ldi. Futbolchilar ham maza qilib o'ynashdi. Natijaga keladigan bo'lsak, bu erga g'alaba uchun kelgandik. Lekin durang ham yomon emas.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика