Kamoliddin Tojiev: "Birinchi bo'limni yomon boshladik, ikkinchi taymda esa o'yinni nazorat qildik. Beshta gol urishimiz ham mumkin edi"
06 avg 00:05
Yangiliklar


Kamoliddin Tojiev: "Birinchi bo'limni yomon boshladik, ikkinchi taymda esa o'yinni nazorat qildik. Beshta gol urishimiz ham mumkin edi"
- Birinchi bo'limni yomon boshladik, gol o'tkazib yubordik. Shunday bo'lsa ham birinchi bo'limda bir nechta vaziyat yarata oldik, shunchaki ularni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'limda uchta o'yinni maydonga tushirib, o'yinga qaytdik. O'yinni nazorat qildik, gol urdik. Ammo bugun OKMK standart vaziyatdan ikkita gol urdi. Hushyorlikni yo'qotdik. Bugun beshta gol urishimiz ham mumkin edi.
- O'zgarishlar bo'yicha fikringiz qanday? Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni qanchalik to'g'ri bajarishdi?
- Ikkita o'yinchimiz o'z darajasida o'ynay olmadi. Ularni keyin almashtirishga majbur bo'ldik. Shunaqasi ham bo'lib turadi.
- Hojimat Erkinov bugun ko'rinish bermadi?
- Unda kichik jarohat bor.
- Azizbek Turg'unboevni chap qanot himoyasiga tushirdingiz. Terma jamoada ham so'nggi paytlar u o'ng qanotda o'ynayotgandi. Uning chap qanotdagi o'yinidan qoniqdingizmi?
- Qoniqdim. Avval ham chap qanotda o'ynagandi. Aziz o'ynashni biladi. O'tgan o'yin uni oldinroqqa chiqargandik. Turg'unboev chap qanotni to'liq nazorat qiladi. Bugun ham yaxshi o'ynadi.
- Umar Adhamzodada ham jarohat bormi?
- Ha, u tiklanish jarayonida.
- "Paxtakor" bugun markaziy yarim himoyada muammolarga duch kelgandek ko'rindi, kreativlik etishmadi. Diyor Xolmatov varianti to'g'ri bo'lmasmidi shu o'rinda?
- Flamarionni maydonga tushirdik. Hammani maydonga tushirib bo'lmaydi. Birinchi bo'limda markaz biroz oqsadi, lekin ikkinchi bo'limda markaz to'liq nazorat qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar