Messining kartochkasi rekord darajadagi summaga sotildi
15 sen 2025 19:59
Yangiliklar
Messining kartochkasi rekord darajadagi summaga sotildi
Argentinalik futbolchi Lionel Messining 2004/05 yilgi Panini jurnali to'plamidagi kollekcion kartochkasi Fanatics Collect onlayn-aukcionida 1,5 million dollarga sotildi va rekord qayd etildi.
Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Takidlanishicha, avvalgi rekord braziliyalik Pelening kartochkasini sotishda kuzatilgan. Buning uchun 2022 yilda 1,33 million dollar to'langan.
Argentina terma jamoasi tarkibida Messi JCH-2022, Amerika Kubogi (2021, 2024), Finalissima (2022) va Olimpiada (2008) g'olibi bo'lgan. Hujumchi terma jamoaning eng yaxshi to'purari va o'yinlar soni bo'yicha rekordchisi hisoblanadi. Futbolchi Jahon chempionatlarida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha ham rekordchi hisoblanadi. 2023 yildan beri Messi Amerikaning "Inter Mayami" jamoasida harakat qilmoqda.
Avvalroq O'zbekiston milliy terma jamoasi Panini bilan hamkorlik qilishi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar