So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor o'z oldiga doim oliy maqsadni qo'yadi. Kubok va Superligada oxirgacha kurashamiz" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor o'z oldiga doim oliy maqsadni qo'yadi. Kubok va Superligada oxirgacha kurashamiz"

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Mashal" o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Birinchi bo'limni o'zida uchta gol urdik. Oldingi o'yindan keyin ozgina charchoq bor edi. Ammo yigitlarga qoyil. Bugun vaziyatlardan foydalandik. 

- Penalti epizodida Riaskos va Hamdamov penaltini tepish borasida kelisha olishmadi. O'sha vaziyatda nima bo'ldi?

- Bu ularning o'rtasida bo'lgan holat. Futbolda bunaqasi bo'lib turadi.

- "Paxtakor" uchun hozirda kubokni qo'lga kiritish oson. Ikkita o'yin qoldi. Chempionatda esa "Paxtakor"dan yuqorida bir nechta klub bor. Shu o'rinda agar tanlov qilish kerak bo'lsa jamoa kubokni tanlaydimi yoki chempionatni?

- Ikkala turnirda ham oxirigacha kurashamiz. Superligada ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Mavsum o'rtasida sizni bosh murabbiy sifatida tanishtirishdi. Sizga minimum vazifa sifatida qaysi topshiriq berildi?

- "Paxtakor"da 2002 yil o'ynaganman. Farqi yo'q, qaysi davrada kelasiz. har doim klub oldiga oliy maqsad qo'yiladi. Buni menga eslatish ham shartmas edi.

- Birinchi bo'limda o'yin taqdiri hal qilingan bo'lsa ham siz Sergeevni uzoq vaqt zaxiraga olmadingiz. Oldinda tanaffus bor va undan keyin "Neftchi" bilan o'yin. Terma jamoa yig'ini ham kutib turibdi. Maqsad Sergeev yana bitta gol urishi va o'ziga bo'lgan ishonchini ko'proq tiklab olishimidi? Oxirgi payt gol urishda unda muammolar bo'ldi...

 - Sergeevga doim ishonganmiz. O'zidan ham biroz so'raymiz, uning o'zi biroz vaqt bering deydi. O'rtamizdagi munosabat juda yaxshi. Biroz o'ynashni istadi, biz vaqt berdik. Termani ham o'ylagan holda uni baribir zaxiraga oldik.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика