So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  0 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  7 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

"Andijon"ga qarshi o'yin, "Nasaf"ning Elit OCHLdagi imkoniyati, bugungi himoyaviy o'yin haqida - Kamoliddin Tojiev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Andijon"ga qarshi o'yin, "Nasaf"ning Elit OCHLdagi imkoniyati, bugungi himoyaviy o'yin haqida - Kamoliddin Tojiev ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 19-turi doirasidagi "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyin "sherlar" ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yinni yaxshi boshladik. Goldan keyin biroz xotirjamlikka berildik. Keyin "So'g'diyona" birinchi bo'limning qolgan yarmini o'z nazoratida o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar hisobiga ikkinchi golni urdik. Bu g'alaba biz uchun muhim edi, chunki ikki o'yindan beri yuta olmayotgandik. Yigitlar shuni his qilib maydonga tushishdi va muvaffaqiyatga erishdik.

- Bugun milliy chempionatimizdagi eng yaxshi hujumchi Igor Sergeev zaxirada qoldirildi. Uning o'rnida o'ynagan Bobir Abdixoliqovning o'yiniga baho bersangiz.

- Bobirni sekinlik bilan jamoaga qo'shib boryapmiz. U doim yaxshi futbolchi bo'lgan va hozir ham o'zidan yaxshi taassurotlar qoldirmoqda. Igor Sergeev temirdan yaralmagan, u ham dam olishi kerak, chunki u birinchi davrani to'liq o'tkazdi. Yana bir qancha futbolchilarga dam berdik. Bobir Abdixoliqov menda yaxshi taassurot qoldirdi.

- "Paxtakor" ushbu mavsumda medallar uchun kurashayotgan jamoalarni mag'lub eta olmayapti. Turnir jadvalida pastda bo'lgan jamoalar mag'lub qilinmoqda, biroq yuqoriroqdagilar bilan bahslarda ko'p ochkolar yo'qotilmoqda. Bunga sabab nimada?

- So'nggi o'yinlarda o'zimizdan tepada bo'lgan jamoalarga qarshi ham yomon o'ynamayapmiz, vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Masalan yomon o'ynab yutdik degan bo'lishimiz mumkin bo'lgan paytlar bo'lmadi. Shunchaki vaziyatlar yaratib, foydalana olmayapmiz. "So'g'diyona" bizdan pastda bo'lsa ham anchagina yaxshi jamoa, ular futbol o'ynashadi. Balki birinchi davrada ochkolar yo'qotgandirmiz, biroq hozir hammasi yaxshi.

- "Paxtakor" katta tarixga ega klub. Bugun jamoa ayrim paytlarda himoyaviy o'yin namoyish qildi, deb hisoblamaysizmi?

- Hozir hamma jamoa futbol o'ynashni o'rganib olgan. Oldinlari 10 kishi hujumga chiqib ketaverardik, hozir himoyani o'ylamasak qiyin bo'ladi. Biroz sovuqqonlik qilaman deb hujumga chiqib ketsa, jamoa qiynalib qolishi mumkin. Ikkita o'yindan buyon g'alaba qozona olmayotganimiz uchun yigitlar hech bo'lmasa 1:0 hisobini ushlab qolish uchun o'ynashdi va hujumga chiqib ketaverishmadi.

- "Paxtakor" keyingi o'yinda Maksim Shackix boshqaruvidagi "Andijon"ga qarshi o'ynaydi.

- "Andijon"dan keyin ham o'yinlarimiz bor. Har doimgidek tayyorlanamiz. Qandaydir o'zgacha tayyorgarlik bo'lmaydi.

- Sardor Sobirxo'jaevning qaydnomaga kiritilmagani sababi nimada?

- Uning jarohati bor edi. O'tgan o'yindan keyin u o'zini noqulay his qildi.

- O'tgan mavsumda "Paxtakor" OCHLda ishtirok etdi. Bu mavsumda "Nasaf" o'ynaydi va jamoa raqiblarini bilib oldi. "Nasaf"ning Elit OCHLdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- "Nasaf" juda yaxshi jamoa, ularga omad tilaymiz. Ligadagi barcha guruhdan ham chiqa oladi, bir-birini yuta oladi. Biz ham o'ynaganmiz, safarda ham ochko oldik, uyda ham g'alaba qozondik. Bu ligada o'ynasa bo'ladi. "Nasaf" guruhdan bemalol chiqa oladi.

- "Paxtakor" stadioni bitib qoldimi? Jamoa qachon o'z uyiga qaytadi?

- Chim hali o'z joyiga tushmadi. Yana bir oylar bo'lsa kerak. Umuman olganda stadion tamiri bitgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика