Kuanishbay Orazimbetov: "Ikkinchi taymda umuman boshqa "Jayxun"ni ko'rdik"
16 sen 2025 00:05
Yangiliklar
Kuanishbay Orazimbetov: "Ikkinchi taymda umuman boshqa "Jayxun"ni ko'rdik"
Proliga 14-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Jayxun" (5:2) uchrashuvidan so'ng "Jayxun" jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Kuanishbay Orazimbetov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalo "FarDU" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz bahsni yaxshi boshladik, lekin oxirigacha kuchimiz etmadi. Kamida durangga umid qilgandik, ammo ketma-ket o'tkazzib yuborilgan gollar tufayli mag'lub bo'ldik.
- Shunday bo'ldiki, jamoangiz 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi.
- Ha, ammo nimadir sabab bo'lib futbolchilarimiz oxirigacha o'ynay olishmadi. Mag'lubiyatni o'rganib, albatta tahlil qilib chiqamiz. Ikkinchi taymda umuman boshqa "Jayxun"ni ko'rdik. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar