Joel Kojo "Dinamo"ni tark etadimi? Vadim Abramov javob berdi
09 fev 2024 15:35
Yangiliklar
Joel Kojo "Dinamo"ni tark etadimi? Vadim Abramov javob berdi
"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov Superliga yangi mavsumi oldidan tarkibni kuchaytirish ishlari deyarli yakunlanganini malum qildi.
"Yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini deyarli yakunladik. Qo'l ostimdagi tarkibdan ko'nglim to'q. Jamoa hujumchisi Kojo Joel tez orada Turkiyadagi yig'inimizga qo'shiladi, u Osiyo kubogidan keyin biroz betobligi sababli kechroq kelmoqda.
Jamoaga taklif etiladigan oxirgi yangi futbolchi tayanch yarim himoyachisi bo'ladi. Biz bu masalada legioner o'yinchi bilan gaplashganmiz. U bilan maydon markazimizni yanada kuchaytiramiz. U ham yaqin orada Turkiyadagi yig'inimizga qo'shilishi kutilmoqda. SHu bilan tarkib masalasi yopiladi", - deydi Vadim Karlenovich klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar