Joel Kojo: “Dinamo” uchun o'ynashga har doim tayyorman”
21 sen 2024 23:07
Yangiliklar
Joel Kojo: “Dinamo” uchun o'ynashga har doim tayyorman”
Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Olimpik” - “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar legioneri Joel Kojo o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Kojo, so'ngi kunlarda transfer bilan bog'liq sabablar tufayli jamoa bosh murabbiyi bilan munosabatlaringiz buzilgandek ko'ringandi. SHunaqa vaziyatda o'yinga tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi?
- Yo'q, hammasi yaxshi. Bu futbol va unda shunaqa voqealar bo'lib turadi. Men “Dinamo” uchun o'ynashga har doim tayyorman.
- Jamoa bosh murabbiyi bilan sizning o'rtangizda muammo yo'qmi?
- Albbatta yo'q. Hammasi joyida. Bu masalani darhol unutdik.
- Bugungi o'yin haqida fikringiz qanday?
- Bugungi uchrashuvda biz jamoamiz nimalarga qodir ekanini isbotlashimiz shart edi. SHunga monand tayyorgarlik ko'rdik va yakuniy natija bizning foydamizga bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar