Joan Gamper Kubogi-2019. So'nggi yillardagi g'olib nomi o'zgarmadi
05 avg 2019 01:10
Yangiliklar
Joan Gamper Kubogi-2019. So'nggi yillardagi g'olib nomi o'zgarmadi
O'yinda hisob 36 daqiqada londonliklar forvardi Per-Emerik Obameyang tomonidan ochildi. Keyin esa Eynsli Meytlend-Nayls kulgili avtogolga sababchi bo'ldi va oradagi farq tiklandi. Bahsning so'nggi daqiqalarida esa kataloniyaliklar forvardi Luis Suares gol urib, jamoasiga g'alabani taqdim etdi.
SHu tariqa, «Barsa» o'z tarixida 42 bora ushbu titul egasiga aylandi. SHuningdek, «ko'k-anorranglilar» mazkur sovrinni ketma-ket 7 yildan beri qo'lga kiritishmoqda. Joan Gamper Kubogida so'nggi marta ularni 2012 yili «Sampdoriya» mag'lubiyatga (1:0) uchratgandi.
«Barselona» – «Arsenal» 2:1 (0:1, 2:0)
23:00. «Kamp Nou» o'yingohi.
Gollar: 0:1 – 36 Obameyang, 1:1 – 69 Meytlend-Naylz (avtogol), 2:1 – 90 Suares.
«Barselona» – Neto, Semedu, Pike, Umtiti, Alba, de Yong, Rakitich, Puch, Dembele, Peres, Grizmann.
«Arsenal» – Leno, Meytlend-Naylz, CHembers, Monreal, Uillok, Djaka, Mxitaryan, Ozil, Nelson, Obameyang.
Fikrlar