So’nggi yangiliklar

09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  0 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  1 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  0 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  1 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  3 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  3 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Jiddiy "yurishlar" payti keldimi?! Yangiliklar

Jiddiy "yurishlar" payti keldimi?!

Tunda ko'pchilikni tipirchilatib qo'ygan maqola chop etildi.

Ushbu maqola o'zbek futbolidagi ko'plab shaxslar, klublar va sportni yorituvchi OAVlarning pochtasiga yuborilgan xabar asosida yozilgan. Quyida o'sha maqolaga link berib ketaman, sabab har ehtimolga qarshi yana bir o'qib olishingiz uchun.

"LOKOMOTIV" FUTBOLCHISI O'ZI ISHTIROK ETGAN O'YINGA PUL TIKKANMI?

"O'zini 188bet bukmeykerlik kompaniyasi inspektori deb tanishtirgan shaxs "Lokomotiv" klubi futbolchilarining kelishilgan o'yinlarda qatnashganini iddao qilgan. Ushbu xatda "Lokomotiv" futbolchisi Kaxi Maxaradzening kelishilgan o'yinlarda qatnashgani borasidagi dalillar qo'shimcha qilingan", - degan jumla bilan boshlangan maqolaning asosiy qismi.

Ochig'i, bu mavzu ko'tarilgach ko'zdan uyqu qochdi. Har qancha urinmay, uxlab qololmadim. Boshimda qator savollar va fikrlar aylanmoqda...

Unga ko'ra, "Lokomotiv" sardori Kaxi Maxaradze va qator futbolchilar o'z jamoalari ishtirokidagi o'yinga pul tikishgan go'yo. Yuqoridagi maqolada qator faktlar ham keltirilgan, ushbu rasm (skrinshot)larni ham o'sha xatni hammaga jo'natgan kimdir yuborgan.

Qandaydir gruppada Kaxi (Kakhi-) dan boshqa yozganlar kimlar? Bular: "TONI" va "E K". "E K" - bu katta ehtimol bilan ism va familiyasi aynan shu harflardan boshlanuvchi kimdir. Yozganlariga qaraganda, "E K" ingliz tilini juda yaxshi bilmaydi yoki toza inglizchada emas, boshqa qaysidir mamlakatda ishlatiladigan ingliz tilini biladi. Masalan, hindlarning inglizchasi umuman boshqacha bo'lgani kabi. Yoki u shunchaki gugl transleyt (google translate)dan foydalanadi. "TONI" - esa balki serb bo'lishi mumkin degan taxminim bor. Sababi, "TONI" serbchaga o'xshash tilda yozgan. Uning yozganlarini serbchadan qidirib ko'rdim. Aynan o'sha so'zlar yo'q, lekin Toni yozgan "da es debda" so'ziga o'xshash boshqa so'z chiqib keldi. Bu - "da es dabogda". Tarjimasi: Ha, albatta. Gaplarni "gramotnyy" yozadigan futbolchi, murabbiy yoki futbol ichida ishlovchi odamlar juda kam. Harflarni tushirib yozadiganlari juda ko'p va balki bu erda janob "TONI" aynan "da es dabogda" deb yozmoqchi bo'lgandir. Balki...

"E K"ning gapini maqoladan keltiraman: "Do'stim, ular sakkiz daqiqadan so'ng ishlashni boshlashdi. Hozir barcha o'yinchilar jazavaga tushishgan va sardor Kaxidan pul so'rashmoqda. SHu bilan birga ular butun mavsum ishlashmoqchi. Sababi, klubda pul bor".

Bu Superliga 12-turidan o'rin olgan va 17 iyun kuni bo'lib o'tgan "So'g'diyona"ga qarshi o'yin haqida. O'sha uchrashuvning 53-daqiqasida, yani 2-bo'limning sakkizinchi daqiqasida Maxaradze SHohruz Norxonovning oyog'iga tepgan va ketidan bosib olgan. Va Kaxi bularni hammasini VAR bor o'yinda qilgan. VAR borligini bila turib ochiqchasiga qizilga o'ynagan. SHu joyida bor yo'g'i 2 kun oldingi o'yinda sodir bo'lgan epizod hayolga keldi. O'zbekiston kubogi 1/4 finali doirasida "Lokomotiv" jamoasi Qarshida "Nasaf"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ana shu bellashuvning 43-daqiqasida Manuchehr Safarov va Akmal Mozgovoy o'rtasida kichik kelishmovchilik yuzaga keladi. Har ikki jamoa futbolchilari bir-birlariga nisbatan keskin o'ynashadi va orada biroz tortishuv boshlangandek bo'ladi. Ammo, bir qarashda hammasi yana sokinlashayotgandek ko'ringan bir pallada Maxaradze katta tezlikda vajohat bilan yugurib kelib vaziyatni keskinlashtirib yuborgan. Yani, bu erda ham u qizil kartochka tomon "yurish" qilgandek go'yo.


Yuqoridagi "E K"ning gapida "SHu bilan birga ular butun mavsum ishlashmoqchi" degan jumla bor. Bu esa pul tikayotganlar bir kishi emasligini anglatadi. Maqolada ham 5 nafardan deyilgan joyi bor.

Hozir Kaxi Maxaradze va yana qaysidir kimsalarni ochiqchasiga ayblamoqchi emasman. Sababi, aybsizlik prezumpciyasi haqida xabaringiz bor. Aybsizlik prezumpsiyasi - aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish. Yani, kimnidir oldindan aybdor yoki jinoyatchi deb atash uchun qonuniy isbot kerak. Lekin, tarqalgan malumotlar bilan ularni aybsiz deb ham tasavvur qila olmaymiz. Hammasini vaqt ko'rsatadi.


Kaxi chindan ham shu ishlarni qilgan bo'lsa, uning sheriklari kim? Va ular bu ishlarni kimlar orqali qilishgan? Nega birdaniga nomalum bir odam shuncha malumotni butun futbol ommasiga sizdirib yubordi? Deylik, oxirgi 2 mavsumda yana qaysi o'yinlarda shunday "peshka surilgan"? Savollar juda ko'payib ketdi. Ularga javob topilishini juda xohlayapman.

Menimcha, bu malumotni hammaga sizdirgan nomalum shaxs keltirilganidek 188bet bukmeykerlik kompaniyasi inspektori emas. Agar chindan shunday bo'lganda ular bu malumotlarni FIFA, OFK, O'FA va balki sport radarga jo'natgan bo'lardi. Yani, jismoniy shaxslar yoki OAVlar pochtasiga emas, rasmiy tashkilotlarga murojaat qilinardi. Balki, kimlarningdir o'rtasida yuzaga kelgan nizo sabab kimdir kimdandir alamini shu yo'l bilan olmoqchi bo'ldimi? Bu malumotlar keng dalaga sochib tashlanganida bir gap bor. O'sha gap nima ekanligini bilishni juda xohlardim.

Balki, shu bahona futbolimizni biroz tozalab olarmiz. Va bu "tozalash" qolganlarga yaxshi dars bo'larmidi. Balki, mana endi jiddiy "yurishlar" payti kelgandir...

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика