JCH-2034da stadionlarda alkogol bo'lmaydi! FIFA Saudiya Arabistoni hukumatiga qonunlarni engillashtirish bo'yicha bosim o'tkazmaydi
17 dek 2024 20:01
Yangiliklar
JCH-2034da stadionlarda alkogol bo'lmaydi! FIFA Saudiya Arabistoni hukumatiga qonunlarni engillashtirish bo'yicha bosim o'tkazmaydi
"The Guardian"ning xabariga ko'ra, Jahon chempionati-2034 davomida stadionlarda pivo sotilmaydi. Fan-zona va mehmonxonalarda alkogol sotiladimi yoki yo'q, hozircha nomalum bo'lib qolmoqda. Ammo shunisi aniqki, FIFA Saudiya Arabistoni hukumatiga qonunlarni yumshatish bo'yicha bosim o'ktazmoqchi emas.
Takidlanishicha, FIFA Qatardagi mundial tajribasini inobatga olgan. O'shanda Qatar hukumati musobaqa davrida stadionlarda alkogol ichimliklarini sotuvi bo'yicha avvaliga kelishuvga erishilganiga qaramay, uni buzishga qaror qilishgan – natijada tashkilot "Budweiser" pivo brendiga ega homiylardan biri "AB InBev"ga 40 mln funt kompensaciya to'lashga majbur bo'lgan.
Hozirda Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar savdosi to'liq taqiqlangan – uni faqatgian musulmon bo'lmagan diplomatlar Ar Riyoddagi yagona do'kondan xarid qilishlari mumkin. SHuningdek, mamlakat kelajakda ham alkogol mahsulotlari muomalasini yo'lga qo'yishni rejalashtirmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar