JCH oldidan: "Chelsi" futbolchisi o'ziga jamoa qidirmoqda
20 noy 2025 12:50
Yangiliklar
JCH oldidan: "Chelsi" futbolchisi o'ziga jamoa qidirmoqda
Daniyalik darvozabon Filip Yorgensen yanvarda "Chelsi"ni tark etishga tayyorlanmoqda.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Yorgensen mavsumning ikkinchi yarmida ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lish uchun ham ketishni o'ylamoqda.

"Chelsi" futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi. O'z o'rnida, Yorgensen ham Daniya bilan JCH saralashi pley-off bosqichi oldidan yangi sinovlarga tayyor.
23 yoshli darvozabon London jamoasida 2024 yildan beri o'ynab kelmoqda, ammo hamon o'zini asosiy darvozabon sifatida namoyon qila olmadi. Posbon ushbu mavsum 4 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar