JCH-2026 saralashi. Afrika qitasida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi
14 noy 2025 07:41
Yangiliklar
JCH-2026 saralashi. Afrika qitasida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi
Kecha Afrika qitasida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi guruh bosqichida o'z guruhida 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslarining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Nigeriya Gabonni 4:1 hisobida mag'lub etdi va pley-offning final bahsiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
JCH-2026 saralashi. Afrika
Pley-off. Yarimfinal
13 noyabr, Marokash
Nigeriya — Gabon 4:1
Gollar: Adams (78), Ejuke (98), Osimhen (102, 110) — Lemina (89).
Ikkinchi yarim final bahsida esa Kamerun terma jamoasi kutilmaganda Kongo DRga 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi.
JCH-2026 saralashi. Afrika
Pley-off. Yarimfinal
13 noyabr, Marokash
Kamerun — Kongo DR 0:1
Gol: Mbemba (90+1).
Shu tariqa, endi Kongo DR va Nigeriya terma jamoalari 16 noyabr kuni final bahsida to'qnash keladi. G'alaba qozongan jamoa qitalararo pley-off musobaqasiga yo'llanma oladi va ushbu kichik turnirdagi g'alaba ularga JCH yo'llanmasini taqdim etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar