So’nggi yangiliklar

18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:0 (матнли трансляция)  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  8 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  119 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4

Jamshid Saidov: "Buxoro"ning g'alabalari oldinda ekanligiga ishonaman" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Buxoro"ning g'alabalari oldinda ekanligiga ishonaman"

"Buxoro" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Jamshid Saidov ishtirok etdi.

“Bugungi g'alaba bilan “Paxtakor” jamoasini tabriklayman. Bugun biz mamlakatimizning eng kuchli jamoasiga qarshi harakat qildik. Afsuski, bugun ham “Bunyodkor”ga qarshi kechgan bahsga o'xshab 2-3ta qo'pol xatolarimizdan so'ng gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda ustunlik biz tomonda bo'lishiga qaramay, so'nggi zarbani beruvchi futbolchi topilmayapti.

Men futbolchilarimga rahmat aytmoqchiman. Ular bugun borini berib o'ynashdi. Ular harakat qilishyapti, o'yindan o'yinga futbolchilarda o'sish bor. Ular endi-endi bir-birlarini tushunib o'ynashni boshlashmoqda.

Turnir jadvalidagi o'rnimizni ko'rib, futbolchilar katta bosim ostida qolishmoqda. Muxlislarni ham tushunaman, ularga natija kerak. Hozir biz katta bosim ostida qolib ketyapmiz. Mashg'ulotlarni ham yopiq eshiklar ortida olib borishga majburmiz. Muxlislarni hozircha mashg'ulotlarga qo'ymayotganimizning sababi, futbolchilarni ortiqcha bosimdan xoli qilishdir.

Men bir narsani ishonch bilan aytmoqchiman, men, rahbariyat va barcha murabbiylar shtabi jamoaga, futbolchilarimizga ishonamiz. Men kelajakka umid bilan qarayapman. Hali “Buxoro”ning g'alabalari oldinda ekanligiga ishonaman”- dedi Saidov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика