"Buxoro" "Navbahor" bilan o'yinni uyida o'tkazadi
09 sen 16:36
Yangiliklar
"Buxoro" "Navbahor" bilan o'yinni uyida o'tkazadi
Superliga 22-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Navbahor" o'yini 20 sentyabr kuni Buxoro viloyati futbol akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi.
Avvalroq "Buxoro" futbol akademiyasining futbol maydoni Superliga bellashuvlarini qabul qilish uchun tayyorgarlik ko'rayotgani malum qilingandi. Ayni vaqtda viloyat hokimligi va Liga stadionni katta o'yinga tayyorlash ishlarini olib bormoqda.
Bunga qadar klub o'z uy uchrashuvlarini turli shahar va stadionlarda o'tkazishga majbur bo'layotgandi. O'tgan davr ichida mahalliy hokimiyat Liga tomonidan qo'yilgan talablarni bosqichma-bosqich bajarishga erishdi. Endilikda "Buxoro" o'z muxlislari ko'z o'ngida to'p tepish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar