So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Viktor Karpenko: "Ilk gol sabab birinchi bo'limda to'rtta o'tkazdik" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Ilk gol sabab birinchi bo'limda to'rtta o'tkazdik"

O'zbekiston Superligasi 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" va "Buxoro" o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Raqibni tabriklayman. Bugun bitta jamoa futbol o'ynashga harakat qildi. Haqli g'alaba. Bugun intensiv bo'la olmadik. Bugun yigitlarim yomon o'ynashdi deya olmayman. Bunday natijadan so'ng uchrashuvga to'liq tayyorlanmadik deya olaman. Ko'rinib qoldiki, o'yinga tayyor holda chiqib kelmadik. 

- Bugun "Buxoro" qanday maqsad qo'ygandi?

- Maqsad futbol o'ynash edi. Qo'rqmasdan futbol o'ynashni istagandik. "Nasaf" futbolchilarining barchasi kuchli. Himoyada ehtiyot bo'lishi kerak edi, raqib juda xavfli. Agressiv harakat qilmoqchi edik, o'xshamadi. Ilk gol sababli birinchi bo'limda to'rtta o'tkazdik. Psixologik tomondan yomon tasir qildi bu gol. Jamoani o'yinga tayyorlash uchun kerakli so'zlarni ayta olmadim desam bo'ladi. Bu murabbiylar shtabining kamchiligi. "Nasaf" o'zi ham futbol o'ynaydi, raqibga ham bu imkonni beradi.

- "Bunyodkor" bilan o'yindagi "Buxoro" bilan bugungisini katta farqi bor...

- Istalgan jamoa raqib qanday imkon bersa shunday o'ynaydi. "Nasaf" bugun bizga imkoniyat qoldirmadi. Birinchi golni o'tkazmaganimizda balki bunday bo'lmasdi. "Bunyodkor" o'ynashga bergandi, "Nasaf" bermadi. 

- "Buxoro"ning o'z maydoniga qaytishi jamoa uchun nimalarni o'zgartiradi?

- O'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Biz buni anchadan beri kutardik. Jamoa barcha o'yinni safarda o'tkazsa, bu juda qiyin. Tayyorgarlikni uyda qilib, keyin yana yo'lga otlansangiz, bu qiyinchilik tug'diradi. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Buxoroda juda ko'p muxlislar bizni qo'llashadi.

- Rahbariyat sizga qanday vazifalarni qo'ygan?

- Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Kubok finaliga chiqish.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика