"Jamoa Pro ligaga tushib ketganda ko'p yoshlar ko'chada qolib ketgandi. Fuzaylovga faqat omad tilayman" yoxud "Buxoro" futbolchisi uchun keyingi manzil qaer?
23 jan 2023 16:15
Yangiliklar
"Jamoa Pro ligaga tushib ketganda ko'p yoshlar ko'chada qolib ketgandi. Fuzaylovga faqat omad tilayman" yoxud "Buxoro" futbolchisi uchun keyingi manzil qaer?
Jamoani yarim himoyachi Bekzod Saidov (rasmda 19-raqam – tahr.) tark etdi. Uning keyingi rejalari bilan qiziqdik.

- "Buxoro"ni tark etishingiz sababi nimada? Jarohat yoki boshqa omillarmi?
- O'yin amaliyoti etarli bo'lmadi. Bor gap shu.
- Jamoa elitaga qaytdi. 2020 yil "Buxoro"ni Pro ligaga tushib ketishi yosh o'yinchilarga qay darajada salbiy tasir qildi?
- Ko'p yosh futbolchilar ko'chada qolib ketdi. Yangi mavsumda etibor yanada yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman.
- Superligaga qaytishda nima ko'proq rol o'ynadi?
- Yaxshi tarkib yig'ilgandi va ichki muhit alo darajada edi. Barcha futbolchilar maydonga jonini berdi.
- Hakim Fuzaylov haqida fikringiz qanday? Murabbiy bilan gaplashib oldingizmi?
- Albatta, u kishi bilan gaplashib olganman. Hakim Qayumovich yaxshi murabbiy, ikki yil ichida ikkita jamoani Superligaga olib chiqdi. Yangi mavsumda faqat omad tilayman.
- Bekzod Saidov uchun navbatdagi manzil qaysi jamoa bo'ladi?
- 1-2 ta jamoalardan takliflar bor. Hozircha sir saqlaganim maqul. Balki Pro liga yoki Superligada o'ynashim mumkin. Buni vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar