So’nggi yangiliklar

13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  0 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  5 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  3 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  9 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  3 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  21 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  2 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  14 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  13 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1

Ivan Boshkovich: "O'yin bo'yicha biz kuchliroq edik, ammo har doim ham yaxshiroq o'ynagan jamoa g'alaba qozonavermaydi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "O'yin bo'yicha biz kuchliroq edik, ammo har doim ham yaxshiroq o'ynagan jamoa g'alaba qozonavermaydi"

Superliga 7-turi doirasida o'tkazilgan "So'g'diyona" - "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Bugungi uchrashuvda meni faqatgina o'yin natijasi qoniqtirmadi. O'yin bo'yicha yomon ko'rinmadik, ayniqsa ikkinchi bo'limda yaxshi hujumlar uyushtirdik. Birinchi bo'limda esa biroz o'yinimiz qovushmadi, ustiga-ustak darvozamiz tomon penalti belgilandi. Tanaffusda yigitlarga barchasini tushuntirib berdim va raqibning kuchsiz jihatlarini ko'rib chiqdik. O'tkazib yuborgan ikkinchi golimizni ko'rmay qoldim, to'g'risi. U vaziyatda to'pni yo'qotgan bo'lsak kerak. 2:0 hisobida mag'lub bo'layotganimizga qaramay, ko'p hujum qildik va ishtiyoqimiz so'nmadi. Futbolchilarimga rahmat aytaman. O'yin so'ngida bitta gol urdik, ammo o'yinda burilish yasashga vaqt etmay qoldi. Ikkita qanot himoyachilarimiz hujumga ko'p hissa qo'shishdi va o'yin davomida to'liq aktiv bo'lishdi. Qanotdan uzatilgan paslarni darvozaga yonaltira olmadik. Hech qisi yo'q, bunday uchrashuvlar biz uchun katta tajriba. O'yin bo'yicha bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik.

- "Navbahor"ga qarshi kechgan bugungi uchrashuv siz uchun uchinchisi bo'ldi. Avvalgi ikki uchrashuv bilan solishtirsak, "lochin"lar qanchalik o'zgaribdi? Samvel Babayan jamoasi yangi mavsumda yana kuchaygan deya olasizmi?

- Taqqoslash noto'g'ri. O'sha vaqtda musobaqa jadvali boshqacha edi. Boshqa tarkib, boshqa mavsumlar. "Navbahor" taktik tomonlama biroz o'zgaribdi. Avvali ko'proq ochiq futbol bo'lar edi. Bugun penaltidan gol urishganidan so'ng uslubni biroz o'zgartirishdi va mudofaa haqida o'ylashni boshlashdi. Namangan jamoasi zo'r tarkibga ega ekanligiga hech kim shubha qilmasa kerak. Lekin biz bugun raqibdan futbol bo'yicha ustun edik. Futbolda yaxshiroq o'ynagan jamoa har doim ham g'alaba qozonavermaydi. Ikkinchi davra bahsida yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz va bugungi uchrashuv natijasini uchun alam olamiz degan umiddaman.






Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика