U-17 Jahon chempionati. Xorvatiya U-17 - O'zbekiston U-17 0:1 (matnli translyaciya)
15 noy 21:55
Yangiliklar
U-17 Jahon chempionati. Xorvatiya U-17 - O'zbekiston U-17 0:1 (matnli translyaciya)
U-17 Jahon chempionati. 1/16 final
Xorvatiya U-17 - O'zbekiston U-17 0:1 LIVE
Hakamlar: Tanguy Mebiame (Gabon), Alao Salim (Benin), Abeigne Amos (Gabon), Filip Duyich (Kanada)
Gol: Sadriddin Hasanov (Sayfiddin Sodiqov) 24 (0:1)
Xorvatiya U-17: 1. Matey Graxovach, 2. Petar Kostelach, 3. Leon Jakirovich, 4. Raul Kumar, 5. Karlo Paysar, 7. Kresmir Rados (10. Niko Xorvat, 46), 8. Pavle Smilanich, 9. Tino Kusanovich, 11. Patrik Xorvat, 14. Duje Slishkovich (6. Roko Vojdovich, 46), 18. Jona Benkotich (17. Andriya Burchar, 46)
Zaxira: 12. Petar Nemet, 21. Vito Kovach, 13. Mateo Kupich, 15. Lukas Muricha, 16. Nikola Radnich, 19. Ivan Krizich, 20. Gabriel Sivalech
O'zbekiston: 1.Ibrohim Shokirov, 3.Muhammad Hakimov, 4.Mo'minxon Baxodirxonov (s), 7. Sadriddin Hasanov, 9.Nurbek Sarsenbaev (20. Asilbek Aliev,60) 11.Sayfiddin Sodiqov, 13.Abdumalik Anvarov, 15.Muhammadali Musaxanov, 16. Azizbek Abdumo'minov, 18. Abubakir Shukurullaev, 19. Azizbek Erimbetov
Zaxira: 21. Nematulloh Rustamjonov, 12. Bahodir Izboskanov, 2. Qahramon Turg'unov, 5. Amirxon Muradov, 6. Miraziz Abdukarimov, 8. Abdusamad Saidov, 10. Muhammad Habibullae, 14. Behruz Saidmurodov, 17. Jamshidbek Rustamov,
Ogohlantirish: Muhammad Hakimov (O'zbekiston U-17) 10, Duje Slishkovich (Xorvatiya) 13, Leon Jakirovich (Xorvatiya) 68
MATNLI TRANSLYACIYA
69. ZARBAAAAA. Asilbek Aliev jarima zarbasini ijro etdi. Xorvatiyalik kiper qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
68. OGOHLANTIRISH. Leon Jakirovich, Xorvatiya. Qizig'i, hakam adashib ketib ikkinchi sariq va qizil kartochkani ko'rsatib yubordi. Jakirovich emas zaxiraga olingan Slishkovichda sariq bor edi
60. O'ZGARISH. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Nurbek Sarsenbaev o'rniga Asilbek Aliev tushdi.
57. Raqib bosimi biroz pasaydi. Endi oldinga o'tamiz.
53. Xorvatiyaning hujumlari keskinroq chiqmoqda. Shokirov o'z o'rnida.
46. O'ZGARISH. Xorvatiya, Benkotich o'rniga Burchar, Slishkovich o'rniga Vojdovich, Rados o'rniga Xorvat tushdi
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45+5. Penalti yo'q. Hakam takror vaziyatni ko'rib penalti yo'qligini aytdi.
45+3. Xorvatiya bosh murabbiyi chelenj so'radi. Penalti ko'rib chiqilmoqda.
45+3. Xorvatiya birinchi bo'limning oxirgi daqiqalarida bosimni oshirdi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
39. ZARBAAAA. Nurbek Sarsenbaev o'tkir burchakka zarba yo'lladi. Xorvatiyalik posboni to'pni ushlab oldi.
33. Erimbetov mudofaa chizig'ida yaxshi o'ynamoqda.
30. Vakillarimiz Xorvatiyaning hujumini bartaraf etishdi.
27. Hujumchimiz Nurbek Sarsenbaevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hakamlar ko'rmadi.
24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. HASANOOOOOOOOV. Sarsenbaev boshlagan hujumni Sodiqov davom ettirdi, u esa ikkinchi qavatda Sadriddin Hasanovga uzatdi. Hasanov bu imkoniyatdan foydalandi, 0:1
20. ZARBAAAAA. Abubakir Shukurulllaev katta tezlikda yorib kirib zarba berdi. To'p yo'liga raqib himoyachisiga tegib maydonni tark etdi.
10. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Muhammad Hakimov raqibni ushlab qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
3. Xorvatiyaning o'ng qanotdan hujumi uzatma bilan yakunlandi, uzatmani darvozabonimiz Ibrohim Shokirov ushlab oldi.
- O'yinga start berildi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
- Uchrashuv 20:45da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar
Аллоҳ ўзи қўлласин