Ivan Boshkovich: "Natijadan qoniqdim, o'yin borasida kuchsizroq edik"
10 noy 09:20
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Natijadan qoniqdim, o'yin borasida kuchsizroq edik"
"Birinchi navbatda "Xorazm" jamoasini olqishlamoqchiman. Men natijadan qoniqish hosil qildim. Lekin o'yin bo'yicha bu yildagi eng kuchsizi edik. Qolaversa, ikkinchi bo'limda qizil kartochka ham o'yinga tasir qildi. Shunga qaramay "Xorazm" yuqori ishtiyoq, bosim bilan harakat qildi. Sifatli futbol ko'rsatishga harakat qilishdi. Lekin futbolda hamma narsa bo'ladi. Takrorlayman, natijadan ko'nglim to'ldi. Bundan tashqari Superligada to'g'ridan-to'g'ri qolish masalasini ham hal qildik. Oradagi terma jamoalar o'yinlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib keyingi raqibga tayyorgarlikni davom ettiramiz. "Xorazm"ga omad tilayman va umid qilamanki keyingi yil Superligada o'ynaydi",- deydi Boshkovich.
- Jamoangiz yomon o'ynaganini aytdingiz. Bu suniy maydon bilan bog'liqmi?
- Maydon o'ynash uchun ideal edi. O'yin boshidan oxirigacha sifatli xizmat qildi. Balki tasir qilgandir. Ammo biz ishonchliroq, diqqatni jamlab o'ynashimiz kerak edi. O'yin tempini nazorat qilishni aytdik, yakunda gol urdik. Yigitlar tushunishdi, kerakli paytda diqqatni yig'ib olishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar