Jaloliddin Masharipov: "Kannavaro menga qo'ng'iroq qildi va jamoaga kerakligimni takidladi"
18 noy 11:43
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Kannavaro menga qo'ng'iroq qildi va jamoaga kerakligimni takidladi"
Uning fikrlarini quyida etiboringizga havola etamiz:
"Jarohatim bitdi va o'zimni yaxshi his qilyapman. Eronlik shifokor oyog'imni 10 soniya ko'zdan kechirib, tizzaosti payim uzilganini aytdi, o'sha paytda u aldayotganini bilardim. Yana bir jarrohga uchradim va jarohatlangan chap oyog'im o'rniga o'ng oyog'im suratini ko'rsatdim va u operaciya qilish zarurligini aytdi. O'zbekiston Prezidenti men uchun Germaniyadan eng yaxshi jarrohni keltirdi va uning yordamida sog'ayishga muvaffaq bo'ldim.
Fabio Kannavaro O'zbekistonnning oldingi o'yinlarini ko'rib chiqqach, darhol tarjimondan "bu 10-raqamdagi futbolchi kim?", deb so'ragan. Shundan so'ng murabbiy menga qo'ng'iroq qildi va jamoaga kerakligimni takidladi.
Osiyo Kubogidan so'ng Qatar, BAA klublari va "Persepolis"dan takliflar tushdi, biroq men "Istiqlol"ni tanladim.
Oston O'runov men bilan birga "Istiqlol"ga o'tishi rejalashtirilgandi, ammo so'nggi lahzada u "Persepolis"ga yo'l oldi.
Rustam Ashurmatov ham "Persepolis"dan taklif olgan, biroq unga u erda o'ynamasligini aytib, "Istiqlol"ga chaqirganman.
Bosh murabbiy Rikardu Sa Pintu mendan Igor Sergeev haqida ayrim narsalarni so'radi. "Istiqlol" unga qiziqmoqda", – dedi Masharipov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar