So’nggi yangiliklar

10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  0 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  6 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  1 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  1 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  3 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  5 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  12 07:22Бугун ФИНАЛ  11 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  20 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  10 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2

U-17 Jahon chempionati. Bugungi raqibimiz – Italiya: ular musobaqani qanday o'tkazyapti? Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati. Bugungi raqibimiz – Italiya: ular musobaqani qanday o'tkazyapti?

Muhim o'yindagi raqibimiz haqida.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida yurishini davom ettirar ekan, 1/16 finalda terma jamoamizni jiddiy sinov kutmoqda — Evropa futbolidagi ananaviy , jahondagi eng tajribali maktablardan biri hisoblangan Italiya o'smirlar terma jamoasi bilan bahs.

Italiyaning nomi ham, tarixiy obro'si ham o'z-o'ziga katta masuliyat yuklaydi. Ammo bu jamoa Qatardagi mundialni qay darajada o'tkazmoqda? Keling, raqibning hozirgi holati, tarkibi va asosiy kuchli tomonlarini tahlil qilamiz.

Italiya U-17: mundiallardagi tarix va anana

Italiya U-17 bu vaqtgacha 8 bor Jahon chempionatida ishtirok etgan. Ularning eng yaxshi natijasi — 1987 yilgi musobaqadagi to'rtinchi o'rin. Qizig'i shundaki, o'sha chempionatda Mirjalol Qosimov sardorligidagi Sobiq Ittifoq terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgan.

Italiya bazi yillarda barqaror o'ynolmagan bo'lsa-da, so'nggi o'n yillikda o'smirlar darajasida jiddiy o'sish kuzatildi: 2009 va 2019 yillarda chorak final, 2013 yili nimchorak final bosqichigacha etib borishdi. Va eng asosiysi — 2024 yilda Italiya U-17 Evropa chempioni bo'ldi.

Bu jamoa o'yin sifati, taktik tayyorgarligi va intizomi bilan ajralib turadi.

Qatardagi mundial: ideal boshlanish

Italiya bu yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichini mukammal tarzda o'tkazdi:

9 ochko

8 ta gol

atigi 1 ta o'tkazilgan to'p

Guruh bosqichi natijalari:

Qatar – Italiya 0:1

Boliviya – Italiya 0:4

Italiya – JAR 3:1

Hujumda — bosimli, himoyada — mustahkam, o'yinni nazorat qilishda — qarorli. Italiya aynan shunday qiyofada ko'rinmoqda.

Pley-offda esa Chexiya 2:0 hisobida orqaga surildi va Italiya yanada ishonchli tarzda keyingi bosqichga chiqdi.

Asosiy yulduz: Samuele Inasio – Italiyaning yorqin topilmasi

Italiya U-17 terma jamoasining bugungi muvaffaqiyatining markazida jamoaning porlayotgan yulduzi — Samuele Inasio bor. U musobaqada hozirgacha 4 ta gol urib, jamoa to'purariga aylangan.

17 yoshli hujumchi ayni vaqtda Evropaning eng mashhur klublaridan biri — “Borussiya Dortmund” yoshlar jamoasida to'p tebadi Germaniyaga yo'l olgunga qadar esa u Italiya futbolida yoshlar tayyorlash bo'yicha etakchi markazlardan biri — “Atalanta” akademiyasida tarbiyalangan.

— Inasioning o'yinida ikki maktabning tasiri yaqqol ko'rinadi:

— Italiya futboliga xos taktik zehn, o'yinni o'qish va qaror qabul qilish madaniyati;

— Nemis futboliga xos jismoniy baquvvatlik, tezkorlik va yuqori pressing.

— U tezkor harakatlanadi, poziciyani topishda mahoratli, hujumlarni yakunlashda xato qilmaydi va kutilmagan fintlari bilan raqib himoyachilariga jiddiy bosh og'riq keltiradi.

“Borussiya Dortmund” kabi yoshlar bilan ishlashda ulkan tajribaga ega klubda o'ynayotgani Inasioning katta kelajakka egaligini ko'rsatib turibdi. Dortmund Bellingem, Dembele, Pulishich, Xoland kabi yulduzlarni katta darajaga olib chiqqan klub ekanini eslatishning o'zi kifoya.

Italiyaning guruh bosqichida urgan 8 golining katta qismi Inasioning harakatlari va maydondagi lider sifatidagi o'yini bilan bog'liq.


Hujum uchligi: Arena – Inasio – Lontani

Italiya hujumida yuqori samaradorlik berayotgan uchlik:

— Samuele Inasio

— Antonio Arena

— Simone Lontani

Bu trio guruh bosqichidagi 8 golning 6 tasiga mualliflik qildi. Ular tezkor, bir-birini yaxshi tushunadigan va taktik jihatdan gramotali futbolchilar. Bugungi bahsda Italiya aynan shu uchlikka suyanadi. Zaxira ehtimoli Destini Elimogale bo'ladi. 

Murabbiy Massimiliano Favo – chempion chempionga qarshi

Italiya U-17 jamoasini 6 yildan beri boshqarayotgan Favo Massimiliano o'smirlar futbolida katta tajribaga ega mutaxassis. Uning uslubi:

— taktik intizom,

— pozicion o'yin,

— bosim ostida ham to'p bilan ishlay olish,

— o'yin ritmini boshqarish,

— tezkor pressing.

2024 yilgi Evropa chempionlarining aynan uning qo'li ostida etishgani bejiz emas. Islombek Ismoilov qo'l ostida O'zbekiston Osiyo chempioni hisoblanadi. Demak, 2 ta chempion murabbiylar to'qnashuvini ham ko'ramiz. 

Xulosa: O'zbekistonni jiddiy va murakkab raqib kutmoqda

Italiya — nafaqat nomiga, balki o'yin sifatiga ko'ra ham kuchli raqib. Ular hujumda xavfli, himoyada barqaror, o'yin doimiy nazoratda. Ammo O'zbekiston ham bugun katta xarakter, jipslik va o'ziga xos o'yini bilan ajralib turibdi. Ikkita bir-biriga munosib jamoalar qarama-qarshiligini ko'ramiz. 

Bugungi uchrashuvda quyidagi omillar hal qiluvchi bo'ladi:

— taktik intizom,

— yigitlarimizning ruhiy qatiyati,

— har bir vaziyatda tezkor qaror,

— himoyadagi diqqat va etiborni yo'qotmaslik

Bir gol, bir harakat, bir xato — taqdirni hal etishi mumkin.

Shunday pallada biznikilardan ishonch, shijoat va maksimal koncentraciya talab qilinadi. Bugun yoziladigan sahifa yorqin harflar bilan bitilishini tilab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
18 noy 11:36:48
safo78
Худо хохласа 2-1 га ютамиз
   
18 noy 10:45:47
EURONEFTCHI
Италиядан ўтсак чемпионлик учун 8 та жамоани ичида фаворитлар қаторига киритса бўлади…
   
18 noy 10:37:24
Акрамжон Халилов
Турнирни фаворитлари Франция, Португалия, Англия ва Ўзбекистон деб ёзишяпти.
   
18 noy 10:30:43
Umrzoq Kamolov
Aniqladim Italiya 2024 yil Yevropa chempioni Portugaliya 2025 yil chempioni ekan
   
18 noy 10:25:04
Umrzoq Kamolov
Italiya yarim finalda Portugaliyaga yutqazganki finalda Portugaliya Fransiyani yutgan edi 3-0 ga admin shuni aniqlashtiring
   
18 noy 10:20:31
UFA bu UFA
Italiyani yutishsa keyin porlaydi bizning futbolchilar. Skautlar nazariga tushadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика