Mehdi Taremi: "O'zbekiston darajasi nuqtai nazaridan kichik jamoa emas, ular juda sifatli futbol ko'rsatadi"
14 noy 13:38
Yangiliklar
Mehdi Taremi: "O'zbekiston darajasi nuqtai nazaridan kichik jamoa emas, ular juda sifatli futbol ko'rsatadi"
"Tanlov bizga bog'liq emas. Albatta, Misr bilan o'ynash biz uchun ideal bo'ladi, ammo O'zbekiston ham juda yaxshi jamoa. Ular bilan ko'p bor o'ynaganmiz va bu yillarda ular juda katta rivojlanishga erishgan. Kelajakda O'zbekiston haqida hali ko'p eshitasizlar. Ularga qarshi ko'p o'ynaganimiz bois biroz zerikarli tuyulishi mumkin, ammo darajasi nuqtai nazaridan o'zbekistonliklar kichik jamoa emas, ular juda sifatli futbol ko'rsatadi. Shunga qaramay, Misr bilan o'yin biz uchun qulayroq, chunki bu yangi tajriba bo'ladi hamda futbolchilarimiz kuchli va sifatli raqiblarga qarshi o'ynash qanday bo'lishini his qiladi. Agar imkon bo'lsa, bu o'yinni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Agar O'zbekiston bilan to'qnash kelsak, qo'limizdan kelgan barcha ishni qilib, g'alaba uchun kurashamiz va jamoamizning xarakterini yanada oshiramiz", – dedi Taremi.
Forslar kecha Al Ain Cup musobaqasida Kabo-Verdeni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, finalga chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar