So’nggi yangiliklar

17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  0 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  1 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  3 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  3 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  3 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  5 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  2 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  8 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  15 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2

Norvegiya 99,9% JCHda! Estoniyaga qarshi kechgan qiyin o'yin taqdiri 6 daqiqa hal qilindi! Yangiliklar

Norvegiya 99,9% JCHda! Estoniyaga qarshi kechgan qiyin o'yin taqdiri 6 daqiqa hal qilindi!

Italiya bunga yo'l qo'ymasligi uchun nima qilish zarur?

Jahon chempionatiga 28 yilda ilk bor chiqish uchun Norvegiya o'z uyida estoniyaliklarni mag'lub etishi va Italiyaga o'ta yirik hisobda mag'lub bo'lmasligi talab qilinardi – aniq hisob esa har ikki termaning bittadan uchrashuvidan so'ng malum bo'lardi. 

Birinchi vazifani skandinavlar muvaffaqiyatli bajara olishdi, lekin oson bo'ldi deyish qiyin.

Norvegiya to'p nazoratini ilk daqiqalardan o'z qo'liga Oldi — 80%, qatorasiga ikkita burchak zarbasi, dastlabki 8 daqiqada esa 4 ta zarba yo'lladi. Shunga qaramay, estoniyaliklar ancha vaqtgacha qarshilik ko'rsatishdi. Vaqti-vaqti bilan ular o'yinni o'z darvozalaridan biroz uzoqlashtirishni ham uddalashdi. 

Shu o'rinda, muxlislarning yodida bo'lsa ajab emas norvegiyaliklar aynan Estoniya darvozasiga guruhdagi raqiblar orasida eng kam gol urishga muvaffaq bo'lgandi: Italiyaga — 3 ta gol, Isroilga — 4 va 5 ta, Moldaviyaga — 5 va 11 (!). Estoniya bilan birinchi bahsda esa minimal g'alaba rasmiylashtirilgandi (1:0).

Xoland va Syorlot maydonda bo'lsa ham norvegiyaliklarga hujumlarni aniq yakunlovchi zarba etishmasdi. G'alatiroq tuyulishi mumkin, ko'rmaganlar ishonmasligi ham mumkindek, ammo 30-daqiqada aniq zarbalar bo'yicha Estoniya oldinda edi — 1:0. Umumiy zarbalar soni esa 2:11...

Birinchi bo'limda muxlislar gol ko'rishmadi. O'yindan kelib chiqsak, durang bo'lim uchun adolatli yakun edi: skandinavlar maydondagi katta ustunlikka qaramay, birorta yuz foizlik vaziyat yarata olishmadi va 0,85 xG qayd etishdi.

Tanaffusdan qaytgach, Norvegiya darhol ishga jiddiy kirishdi va omad ham ular tomonga o'girildi. Estoniyaliklar bor kuchlari bilan raqibga qarshilik qilishardi, ammo Bergening o'ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Syorlotni zararsizlantira olishmadi. Birinchi gol xursandchiligi tugab ulgurmay, "Atletiko" hujumchisi esa dublga erishdi. Bu safar assist "Borussiya Dortmund" vakili Yulian Ryuerson hisobiga yozildi. Natijada, 52-daqiqadayoq bu bahsda sensaciya bo'lmaligi aniq bo'lib ulgurdi.

Shunday bo'lsada, skandinavlar to'xtashni istamasdi! Elkadagi bosim yuki yo'qolib, shunchaki futboldan zavq olish imkoni paydo bo'ldi. Ryuerson yana to'pni havodan jarima maydonchasiga yo'lladi, oxirgi zarbani bu safar Erling Xoland amalga oshirdi. 6 daqiqa ichida 3 ta gol!

Uchinchi gol ortidan to'rtinchisi ham o'zini uzoq kuttirmadi. David Mellr uzoq burchakni nishonga olib to'pni uzatdi, Xoland esa aynan shuni kutib turgandi. Erling — joriy mavsum 30 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Buning uchun unga bor yo'g'i 19 ta uchrashuv etarli bo'ldi! Haqiqiy kiborg!

O'yindagi so'nggi gol esa norvegiyaliklar darvozasiga urildi. Himoyachilar Robi Saarma osonlik bilan qochib ketib, Nyulandning harakatlariga qarama-qarshi yo'nalishda zarba berishga imkon yaratib berishdi. Dastlabki 50 daqiqada jamoalar birorta gol ura olmagan bo'lsa, keyingi 15 daqiqada — "srazu" 5 ta. Qolgan daqiqalarda jamoalar final hushtagini kutib harakat qilishdi. Faqat bir vaziyatda rikoshetdan so'ng to'p Nyuland darvozasi to'siniga tegdi.

Oxirgi turdan va Italiyaga safardan avval Norvegiya raqibdan 3 ochko oldinda va to'plar farqi "+29". Italiyaliklarda esa "+12". Jennaro Gattuzo jamoasi guruhda birinchi bo'lishi uchun Norvegiyani 9:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishi kerak. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalarning, Norvegiyadagi, birinchi to'qnashuvi 3:0 hisobida Xoland va sheriklari foydasiga hal bo'lgandi. Endi ana o'sha raqibni 9 ta to'p farqi bilan taslim etish — ertakka o'xshaydi.

Reyting:    

Fikrlar

   
14 noy 17:12:15
Narzulla
Zohid Sheraliev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ca…биринчи навбатда уз-аро уйинга карайди..италия 4- туп фарки билан ютса .грухда биринчи уринни олади
ЖЧ саралашида тўплар нисбати биринчи ўринда.
   
14 noy 17:09:14
Asilbek 7
Zohid Sheraliev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ca…биринчи навбатда уз-аро уйинга карайди..италия 4- туп фарки билан ютса .грухда биринчи уринни олади
Evropada undaymas toʻplar asosiysi
   
14 noy 16:45:49
Zohid Sheraliev
Ca…биринчи навбатда уз-аро уйинга карайди..италия 4- туп фарки билан ютса .грухда биринчи уринни олади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика