So’nggi yangiliklar

13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  0 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  5 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  3 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  9 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  3 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  21 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  2 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  14 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  13 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1

U-17 Jahon chempionati. Osiyodan uchta jamoa qoldi Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati. Osiyodan uchta jamoa qoldi

Bugun U-17 Jahon chempionatining 1/8 final bahslari bo'lib o'tadi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bu bosqichda Italiya U-17ga qarshi maydonga tushadi.

1/8 final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

17:30. Italiya - O'zbekiston

17:30. Uganda - Burkina Faso

18:00. Meksika - Portugaliya

18:30. Braziliya - Franciya

18:45. Shveycariya - Irlandiya

20:15. KXDR - Yaponiya

20:45. Avstriya - Angliya

20:45. Marokash - Mali

Musobaqaning hozirgi bosqichiga kelib Osiyodan faqat uchta jamoa qoldi. Aslida 9ta jamoa ishtirok etishni boshlagandi. Bular - Qatar (mezbon), Indoneziya, Yaponiya, KXDR, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, BAA va O'zbekiston.

O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi o'z ishtirokini davom ettirmoqda. Vakillarimiz o'tgan bosqichda Xorvatiyani penaltilar seriyasida mag'lub etishdi. Bugun esa yana bir jiddiy bahs kutmoqda. Osiyoning keyingi ikkita jamoasi - KXDR va Yaponiya bugun o'zaro raqib bo'ladi. Bu degani qitamizning qaysidir vakili bugun turnir bilan xayrlashadi.

KXDR 1/16 finalda Venesuela bilan o'ynab 2:1 hisobida g'alaba qozongan holda nimchorak finalga yo'l oldi. Yaponiya U-17 esa o'tgan bosqiyada JAR o'smirlariga hech qanday imkoniyat qoldirmay 3:0 hisobida zafar quchdi.

Boshqa jamoalar bilan nima sodir bo'ldi?

Qatar U-17. Uchta o'yinda ikki ochko to'plab o'z ishtirokini guruh bosqichida tugatdi. Qatar o'smirlar terma jamoasi avvaliga Italiyaga mag'lub bo'ldi va JAR, Boliviya termalari bilan durang o'ynadi.

Indoneziya U-17. JCHdagi ishtirokini guruh bosqichida yakunladi. Indoneziya o'smirlari Zambiya va Braziliya bilan o'yinlarda mag'lubiyatga uchrab, Gondurasni mag'lub etdi va uch ochko bilan o'z ishtirokini guruhda tugatdi. 

Janubiy Koreya U-17. Koreyaliklar guruh bahslarini yaxshi o'tkazishdi. Avvaliga Meksika mag'lub etilgan bo'lsa, so'ngra Shveycariya bilan durang qayd etildi va guruhning oxirgi bahsida Kot-D.I'vuar ustidan ham zafar quchildi. Ammo Janubiy Koreya o'tgan bosqichda Angliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashdi.

Saudiya Arabistoni U-17. Saudiyalik o'smirlar ham guruhdan chiqa olishmadi. Bu jamoa avvaliga Avstriyaga yutqazib, so'ngra Yangi Zelandiyani mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Lekin Mali bilan kechgan oxirgi turda yana imkoniyat boy berildi. Natijada Saudiya Arabistoni U-17 terma jamoasi 3 ochko bilan guruhda qolib ketdi.

Tojikiston U-17. Afsuski, yon qo'shnimiz o'smirlar terma jamoasi guruhdagi hamma o'yinlarda mag'lubiyatga uchradi. Tojikiston ham yaxshi qatnashsa kerak degan taxminda edik, biroq Chexiya, AQSH va Burkina Faso bilan o'yinlarda imkoniyat boy berildi.

BAA U-17. BAA o'smirlar terma jamoasi ham guruh bosqichidan so'ng musobaqa bilan xayrlashdi. Avvaliga Kosta Rika bilan durang o'ynagan arablar keyingi turda Xorvatiyaga 0:3, oxirgi uchrashuvda esa Senegalga 0:5 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Shunday qilib, U-17 Jahon chempionatini Osiyoning 6ta jamoasi turli sabablarga ko'ra tark etdi. Bugun bo'lib o'tadigan KXDR - Yaponiya bahsidan keyin yana bir qitadoshimiz kichik mundial bilan xayrlashadi. Biz esa O'zbekiston U-17 terma jamoamiz Italiyani mag'lub etib chorak finalga chiqishini xohlaymiz. Futbolchilarimizga omad yor bo'lsin.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +6   

Fikrlar

   
18 noy 13:00:25
Komilov Muxammad Omar
Омад Исломжон га Оллоҳ ўзи қўлласин илоҳим
   
18 noy 12:38:26
S Farrux
Худо хохласа иккинчи урин. Мураббий виждони бор йигит. Омадини берсин.
   
18 noy 12:07:33
Kingsman
1 таси колади, уш босаям ок борилар Узбекистон болади)
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика