So’nggi yangiliklar

21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  1 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  3 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  0 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  8 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  3 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  14 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0

Qosimov: "OKMKni chempion qila olmadim, degan armon? Qilingan ishlar bir kun kelib o'z samarasini beradi" Yangiliklar

Qosimov: "OKMKni chempion qila olmadim, degan armon? Qilingan ishlar bir kun kelib o'z samarasini beradi"

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "So'g'diyona"ga qarshi (2:2) 3-tur o'yinidan keyin chempionlik haqidagi savolga batafsil javob berdi.

- Bir kun kelib OKMKni tark etganingizda jamoani chempion qila olmadim degan armon qiynamaydimi?

- Hozir shunga yaqin gapni kiyim almashtirishda xonasida jamoaga ham aytdim. O'z paytida biz ham kimningdir o'rniga futbolga kirib kelganmiz. Ko'p yil futbol o'ynadim, tugatdim va mening ham o'rnimga boshqalar keldi. Charxpalak to'xtab qolmaydi, aylanaveradi. Kun otadi, quyosh botadi, vaqt o'taveradi. Lekin Alloh bergan vaqtni mazmunli o'tkazish kerak. Futbolda ham, hayotda ham shu.

O'z paytida armonim Jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz bo'lgandi, mana vaqt o'tib shu davrlar ham keldi. Terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqdi. Hamma narsa imkoniyatdan kelib chiqib qilinadi. Bekorga ko'rpangga qarab oyoq uzat, deyishmaydi. Hammamiz yanada ko'prog'ini xohlaymiz. Futboldagi gaplar bizdan oldin ham bo'lgan, bizdan keyin ham bo'ladi.

To'g'risini aytsam, men kelgunimga qadar Olmaliqda bolalar futbolini rivojlantirish hech kimga qiziq bo'lmagan. Yaqinda klub akademiyasi ochildi, bolalar futboli uchun qadam tashlandi, bu ishlar endi-endi yo'lga qo'yilyapti. Bunga men ham o'z hissamni qo'shganimdan xursandman, ammo bu bilan maqtanmoqchi emasman, qilingan ishlarning hammasi shu erda qoaldi. Men hech nimani ko'tarib olib ketmayman. Shu qilingan ishlar bir kun kelib o'z samarasini beradi. 

Bitta daraxt eksang, ertaga soyasida kimdir o'tiradi. Biz ham qaerdadir xato qilgandirmiz, beayb Parvardigor. Hammasiga sabr qilish kerak. Mashinada ketayotib, oldindagi "Damas" oynasidagi yozuvga ko'shim tushib qoluvdi, lotinchada yozilgan ekan: "Bir gap bo'lar, qaysi biriga siqilay". Xullas, shunaqa gaplar.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
13 mar 16:12:24
Аббосхужа
Барибир бу инсонда савия баландлиги фикрлашларидан билинади. Оддий ва камтарин инсон- Миржалол Қўшоқович омадингизни берсин! Сизни ҳурмат қиламиз.
+1   
13 mar 12:37:59
Farhod__bek1990
Sog'liq birinchi o'rinda.
+1   
13 mar 12:26:32
Laziz Babanov
Mirjalol Qosimov Bunyodkorga qayting, va jamoani oldinhi mavqeyini tiklang, chempion qiling
   
13 mar 20:02:48
Abror Xojiboyev
Janob Qosimov! Siz oʻzbek futbolidagi eng zoʻrlaridan biri siz! Siz bilan faxrlanamiz! Siz oʻzbek futbolining Afsonasi siz! Siz maydonga tushsez biz koʻnglimiz toʻq oʻyin koʻrar edik!!!
   
13 mar 19:36:17
Burhonbek Abdumo'minov
Oʻzbek futbolining afsonasi
   
13 mar 16:34:00
Кодиржон
Олдинлари Узбек футболи афсонасини факат та да курардим алхамдулох шундо тепа сектор дан томоша киламаан Хар кйинда УЗИ БН хам Кул олиб куришиш насиб килган омадини берсин Миржалол ака торисида негативларга ютубда мухлисларибн гарлашган видеосини куришди ва уша видеодаги саволга жавоб беришини тавсия киламан кискаси хурматга Лоик инсон омадини берсин Хар доим хурматини чексиз бу инсонга
   
13 mar 13:15:41
Бахтийор Ашуров
Ҳаммаси маблағга бориб тақалади!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика