So’nggi yangiliklar

19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  1 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  2 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  13 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0 15:32"Эскиларнинг бир гапи бор: менга ўртадаги ўйинчиларни айт, мен сенга жамоанг қандайлигини айтаман". Вадим Абрамов "Динамо" легионерларидан норози  4 15:04Давид Вилья "Атлетико"га қайтди  7 14:37ОКМК "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:16Иван Бошкович "Миркович — яхши дарвозабон" деб айтди. Ҳақиқатан ҳам шундайми?  3 13:52Ўйин тақдирини ҳал қилган "маэстро", марказий учрашувда ғалабани тантана қилган мураббий — Суперлигада 3-тур лауреатлари  7

O'yin taqdirini hal qilgan "maestro", markaziy uchrashuvda g'alabani tantana qilgan murabbiy - Superligada 3-tur laureatlari Yangiliklar

O'yin taqdirini hal qilgan "maestro", markaziy uchrashuvda g'alabani tantana qilgan murabbiy - Superligada 3-tur laureatlari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 3-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi darvozaboni – Rustam Nortojiev ("Qo'qon-1912")

Jarohati bois jamoasiga yordam berolmagan darvozabon Azizxon Isaqov o'rniga darvozani qo'riqlagan Rustam Nortojiev "Lokomotiv" bilan o'yinni (1:1) munosib o'tkazdi. 29 yoshli posbon bahs mobaynida 3 ta seyv amalga oshirdi, shulardan birida jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Championat.asia xodimlari turning eng yaxshi darvozaboni masalasida qiyinchilikka duch kelmadi va Nortojiev jiddiy raqobatsiz, ammo munosib ravishda 3-turning eng yaxshi darvozaboni sifatida etrof etildi.


Championat.asia sayti talqinida 3-turning eng yaxshi murabbiyi – Timur Kapadze ("Navbahor")

"Navbahor" yakuniga etgan turda "Paxtakor" mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Namanganliklar "Paxtakor" stadionida ortiqcha bosim his etmadi va maydonda o'yinni nazorat qildi. Bosh murabbiy Timur Kapadzening ishlanmalari to'la samara keltirdi va "sherlar" etakchilari rejaga asosan "qurorsizlantirildi". "Navbahor" yorqin o'yin ko'rsatgan holda ikkinchi bo'limdagi gollar evaziga ishonchli g'alabani tantana qildi. Shunday qilib, markaziy to'qnashuvda g'olib chiqqan Timur Kapadze Championat.asia sayti talqinida tur murabbiyi deb topildi.     


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 3-turning eng yaxshi futbolchisi – Jamshid Iskanderov ("Neftchi")

Islom Ismoilov qo'l ostidagi "Neftchi" ushbu turda Samvel Babayan boshchiligidagi "Andijon"ni tor-mor keltirib (3:0), ketma-ket uchinchi g'alabasini tantana qildi va jadvalda yakka peshqadam bo'lib turibdi. Uchrashuv taqdirini "1+2", yani bitta to'p kiritib, ikkita assist amalga oshirgan "maestro" Jamshid Iskanderov hal etdi. Farg'onaliklar tajribali xavbekning 42-daqiqadagi pasi orqali hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymdagi goli va uzatmasi orqali 3 ochkoni rasmiylashtirib qo'ydi. Championat.asia sayti so'zsiz va hech bir ikkilanishlarsiz aynan Iskanderovni 3-turning eng yaxshi futbolchisi deya etirof qildi.


Championat.asia sayti talqinida 3-turning eng chiroyli goli muallifi – Alisher Odilov ("Neftchi")

Yuqorida yozilganidek, "Neftchi" bu turda o'z maydonida "Andijon"ni mehmon qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Mezbonlarning 42-daqiqadagi kombinacion harakatlari va geometrik paslari aniq-tiniq amalga oshirildi. Yakunda vinger Alisher Odilov vaziyatga nuqta qo'ydi — hujum qanotda Ubaydullaev, Ismoilov orqali boshlanib, Yovovich va Iskanderovning aqlli pasi orqali rivojlandi va yakunda Odilovning goli bilan tugadi. Shu tariqa, 24 yoshli o'yinchi turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi.


Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
13 mar 17:33:28
Hilol
Жамшид маэстро эмасдур... Лекин ўтган йилги чемпион
+1   
13 mar 15:43:37
Каримжон Матхолиқов
Бошландииии яна ўша Бобур Мансуровнинг "Мен уларнии кўролмайман зубной паста сурт" дейдику ўша эсимга тушиб кетида нимагадир
+1   
13 mar 15:18:30
Тохир Гайибов
Койил! Балли Нефтчи! Шу тахлитда давом этаверинглар! Гапирган гапириб колаверади,биз олга интилаверамиз,худо хохласа!
   
13 mar 17:13:51
mirabzal
хич канакасига темир яхши тренермас кучсиз
   
13 mar 14:56:44
Sayfuddinovich86
Iskanderov maestromi??? Manimcha, o'rtamiyonadan salgina yaxshiroq futbolchi, hattoki o'zimizning ligada ham.
33ga kirdi, termada yetakchi bo'lish tugul, asosiy o'yinchiyam bo'lolmagan qanaqa maestro.
-1   
13 mar 17:51:48
STENLESS..R
Sayfuddinovich86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Iskanderov maestromi??? Manimcha, o'rtamiyonadan salgina yaxshiroq futbolchi, hattoki o'zimizning ligada ham. 33ga kirdi, termada yetakchi bo'lish tugul, asosiy o'yinchiyam bo'lolmagan qanaqa maestro.
Шу мазстро Зрон билан уйинда пенальтинияи расво килганди пенальти тепишидан олдин Даврон Файзиев роса мактаганди яхшигига мушками бор деб
-1   
13 mar 15:04:03
Koku
Маэстро деб юлдуз кивлришган буни, маэстро везде маэстро булиш кк, а бу биззи маэстро буса Европа уерда тура турсин осиеда хам узини курсатолмадию
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика