Ivan Boshkovich: "Bugungi o'yindan ko'proq narsa kutgandim. Durang adolatli bo'ldi"
15 mar 2024 21:51
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Bugungi o'yindan ko'proq narsa kutgandim. Durang adolatli bo'ldi"
"Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. To'rtta gol, juda ko'p vaziyatlar. Bu o'yinga juda kuchli tayyorgarlik ko'rgandik. To'g'risi, bugungi uchrashuvdan ko'proq narsa kutgandim. 2:0 hisobida oldinda borayotgandik. Futbol shunaqa sport turi. Gol urmasang, senga gol urishadi. Birinchi taym oxirida gol o'tkazib qo'ydik. Koncentraciyani yo'qotib qo'ydik. Standard vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Standard vaziyatlar bizning ustunligimiz bo'lishi kerak edi. Yigitlar bilan tanaffusda suhbatlashib olgandim. Birinchi bo'lim so'ngida o'tkazib yuborilgan gol ikkinchi bo'limda bizga ruhan tasir qilmaydi deb o'ylagandim, ammo bunday bo'lmadi.
Yigitlar harakat qilishdi, ularga etiroz yo'q. Bor kuchlarini ishga solishdi. Golli vaziyatlardan foydalanish kerak. Durang adolatli natija deya olaman.
Legionerlarimiz qaytishgani yaxshi bo'ldi, ammo ular hali bor kuchlarini tiklab olishmagan. Buni ikkinchi bo'limda sezdik. Oldimizda 15 kun bor. Unga qadar jamoa tiklanib oladi deb o'ylayman", -deydi Ivan Boshkovich.
|
So'g'diyona SHohruh Abdurahmonov - 3', Oleg Zoteyev - 41' |
Superliga. 3-tur 15/03/2024, 19:00 2
:
2
Tugadi
|
Olimpik Aleksandr Zevadinov - 45', Alisher Odilov - 53' |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar