So’nggi yangiliklar

22:21Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  4 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  0 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  15 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  9 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   5 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  3 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  8

Ivan Boshkovich: "Birgina gol o'yin taqdirini hal qildi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Birgina gol o'yin taqdirini hal qildi"

Teglar :  Ivan Boshkovich
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham g'alaba uchun kurashdi. Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlar bilan g'alabadan boshqa yo'l yo'q ekani bo'yicha kelishib olgandik. Birgina gol tufayli mag'lub bo'ldik. Bu gol ham o'zimizning xato evaziga yuzaga keldi.


Umumiy o'yin haqida aytadigan bo'lsam, yigitlar yomon harakat qilishmadi. Vaziyatlarimiz bo'ldi, unumli foydalanmadik. Birgina gol mag'lubiyatga sabab bo'lgani alamli. Yigitlar bu mag'lubiyatni unutib, tezda o'zlarini tiklab olishlariga ishonaman. Mayda detallar ham ahamiyatli ekani bugun o'z isbotini topdi.


- Samandar Mavlonqulov ketma-ket 3 ta o'yinni o'tkazib yubordi. Bu bora fikringiz qanday?


- U qizil kartochka olganida 3 ta o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi. Yoshlar jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlar, kubokdagi o'yinlarimiz bilan qo'shib hisoblaganda 8 ta bahsda maydonga tusha olmadi. Mavlonqulov bunday holatda o'yin amaliyotini yo'qotib qo'yishi mumkin. Yosh futbolchi uchun uvol, futbol o'ynamasa tonusdan ham chiqib ketadi. Hakamlar qo'mitasi qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatni qayta ko'rib chiqishlari kerak.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика