Ivan Boshkovich: "Bitta chiroyli zarba o'yin taqdirini hal qildi"
30 sen 23:58
Yangiliklar


Ivan Boshkovich: "Bitta chiroyli zarba o'yin taqdirini hal qildi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun eng yaxshi o'yinlarimizdan birini namoyish etdik deb o'ylayman. Futbolchilardan nimani talab qilgan bo'lsam, hammasini bajarishdi. Lekin natija o'xshamadi. "Neftchi" juda yaxshi himoyalandi. Biz raqibning himoyasini bir necha bor buzib o'tishga muvaffaq bo'ldik, faqat to'p kirita olmadik. Etiroz shunda bo'lishi mumkin. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Men esa yaxshi o'yin uchun shogirdlarimga rahmat aytaman. Bitta chiroyli zarba o'yin taqdirini hal qildi. Vaholanki raqibda unaqa ko'p vaziyat bo'lmadi. Ishlashda davom etamiz, jamoamdan doim shunaqa o'yin kutib qolaman. Xatolarni o'rganib chiqamiz. Bu o'yin ham bizga dars bo'ldi.
- Bir vaziyatda hakam bilan uzoq tortishdingiz. O'shanda nima ro'y berdi?
- Hakamlarni muhokama qilish kerak emas deb o'ylayman. Lekin futbolda har doim ko'zni yumib o'tirishning iloji yo'q. Biz hammamiz O'zbekistonda futbol rivojlanishini istaymiz. Muxlislarga ham shu kerak. Yuqori tempdagi o'yin hammaga yoqadi. Maydonda yotib vaqt cho'zishning umuman keragi yo'q. Hakamlar esa futbolchi vaqtni cho'zishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Bugungi uchrashuvda hakam o'yin tempiga ko'p tasir ko'rsatdi, bu esa jahlimni chiqardi. Bor gap shu. Menga nima uchun sariq kartochka berilganini ham tushunmadim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar