So’nggi yangiliklar

01:41Тчуамени: "Адолатли ғалабани қўлга киритдик"  0 01:24Виртц АПЛнинг барча футболчиларидан энг яхши натижа қайд этмоқда  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" ягона гол эвазига ғалабага эришди  0 00:43УЕФА ЕЧЛнинг ҳафта рамзий термасини эълон қилди  0 00:19Рафаэль Бенитес Грецияда иш бошлайди ва рекорд маош олади  1 00:00Суперлига. "Бухоро" – "Сўғдиёна" 2:0   0 23:47Европа лигаси. "Бетис" дуранг ўйнади, "Астон Вилла" ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:32"Манчестер Сити"да 2 ўйин ўйнаб, 11 соврин ютган футболчи фаолиятини якунлади  1 23:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 22:55Биринчи лигада 1-босқич ўйинлари якунланди, медиа жамоаси қатнашадиган плей-оффга қуръа ташланди  0 22:32Александр Хомяков: "Характер томондан ўзимизни кўрсата олдик"  2 22:20Суперлига. "Хоразм" – "Пахтакор" 0:1  0 22:13Иван Бошкович: "Бу "Сўғдиёна"нинг сўнги уч йилдаги энг ёмон ўйини бўлди"  3 21:54Лео Месси: "Бундан жуда хурсандман. Янги стадионда ўйнашни интиқлик билан кутяпмиз"  0 21:35Ҳаким Фузайлов: "Пахтакор" маҳорат томонлама биздан устун келди"  2

Ivan Boshkovich: "Bu "So'g'diyona"ning so'ngi uch yildagi eng yomon o'yini bo'ldi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bu "So'g'diyona"ning so'ngi uch yildagi eng yomon o'yini bo'ldi"

Superliga 26-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Juda kuchsiz o'yin namoyish etdik, ayniqsa birinchi taymda. Havodagi kurashlarda yutqazdik, maydon markazini ham boy berdik. Raqib uzun to'p uzatishlar orqali uchinchi zonaga tez kirib keldi, biz esa ulgurmay qoldik. Ikkinchi taymda hartugul sifatli futbol namoyish etdik, lekin gol urish uchun etarli bo'lmadi. Ammo birinchi taymda himoyadagi o'yinimiz umuman o'xshamadi.

- "Buxoro" bilan Kubok o'yinida ko'rgandikki, Jasur Jaloliddinov maydonga tushganidan so'ng jamoangiz o'yini ancha ochilgandi. O'shanda "So'g'diyona" ikkita gol urgandi. Bugun Jaloliddinov o'ynamadi. "So'g'diyona"ning o'yini Jasurga bog'lanib qolganmi?

- O'tgan gal faqat Doriev o'ynayapti deb aytildi, hozir esa faqat Jasur o'ynaydi deyilyapti. "So'g'diyona" jamoaviy o'yin ko'rsatadi, biz alohida bitta futbolchiga bog'lanib qolgan emasmiz. Bugun ko'p o'yinchilarimiz maydonda ko'rinmadi, buni esa tahlil qilib chiqamiz. Jizzaxdagi faoliyatim davomida birinchi marta qo'l ostimdagi jamoa bunday yomon o'yinni o'tkazdi. Buni tahlil qilmasak bo'lmaydi. Shaxsan men uchun bu alamli mag'lubiyat. Uch yil ichida eng kuchsiz o'yinimiz shu bo'ldi. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman."Buxoro" har o'yinni shunday o'tkazsa, o'z maydonida istalgan raqibni mag'lub eta oladi. Biz agressiv futbol ko'rsatishimiz kerak edi, ammo hech narsa o'xshamadi. 

- Mutaxassis sifatida Kubok finalida qanday natija kutyapsiz?

- Final o'z nomi bilan final. Bunda saviya jihatdan kuchsiz ko'ringan jamoa ham yaxshi o'ynab yutib qo'yishi mumkin. Chunki final bitta o'yindan iborat va etibor ham shunga yarasha bo'ladi. "Buxoro" - kurashuvchan jamoa, Kubok finalida ham jiddiy kurashsa kerak. Men omad tilayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
23 okt 22:56:47
ЮВЕНТУС-10
Сугдиенани кейинги уйинларига омад
   
23 okt 22:37:43
safo78
Вақт кетказиб ўқимадим,лекин пахта йиғим терими бошланди-ё
   
23 okt 22:18:05
Жамшид Jamshid
Хомяков Бошковичдан кучли экан.2 та уйинга хар тарафлама ютди. Бошкович узимизни тренерларга ухшаб колган уйин йук лекин жамоа ютиб куйса мактаниш ютказса Шацкихни гапларини гапиради
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика