So’nggi yangiliklar

11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  0 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34

Iqbol Boboxonov Bangladeshdagi ilk golini urdi Yangiliklar

Iqbol Boboxonov Bangladeshdagi ilk golini urdi

Faoliyatini Bangladeshda davom ettirayotgan Iqbol Boboxonov ham Otabek Valijonovdan keyin o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Kecha bo'lib o'tgan mamlakat kubogining 2-tur uchrashuvida Boboxonov jamoasi «Arambax» «CHittagon Abaxani»ga qarshi maydonga chiqdi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. Hisobni raqib ochdi va 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Birinchi bo'limning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida Iqbol Boboxonov penaltidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida hisob tenglashdi. Ushbu natijadan so'ng «Arambax» va «CHittagon Abaxani» jamoalarining nafaqat ochkolari, balki to'plar nisbati ham teng bo'lib qolgani bois, guruh peshqadamini aniqlash maqsadida jamoalar penaltilar seriya orqali g'olib nomini aniqlashdi. Futbol lotoreyasida omad Boboxonov jamoasiga kulib boqdi. Ahamiyatlisi, uchrashuv davomida ham penaltidan unumli foydalangan Iqbol seriyada ham o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. SHu tariqa Boboxonovning jamoasi guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Bunga qadar Otabek Valijonov va Furqat Hasanboev to'p surayotgan BJMS klubi ham navbatdagi bosqichga chiqish vazifasini uddalagan edi.


Reyting: +7   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика