Iqbol Boboxonov Malayziya klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
Narzulla Saydullayev
12 yanv 2017
O'zbekistonlik himoyachi Iqbol Boboxonov 2016 yil yozida Malayziyaning ATM klubiga ko'chib o'tgandi.
Jamoa yaqinda Boboxonovga yana bir yillik shartnoma taklif qildi. Futbolchi bu taklifni qabul qildi va kelishuvni uzaytirdi. Ushbu klubda yana bir o'zbekistonlik futbolchi o'ynaydi. Bu "Mashal" sobiq yarim himoyachisi Sirojiddin Rahmatullaev.