Iqbol Boboxonov Neftchi lagerini tark etdi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2018
O'tgan mavsum faoliyatini Malayziyada olib borgan Iqbol Boboxonov yana O'zbekistonga qaytishga qaror qildi.

Gap shundaki, Boboxonov yaqinda Neftchi o'quv-yig'inida ishtirok etib kelayotgandi. Ammo tarkibda yuzaga kelgan bir qator o'zgarishlardan so'ng Boboxonov farg'onaliklarning lagerida ko'rinmay qoldi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, 29 yoshli himoyachi yaqinda Qizilqum safiga borib qo'shilgan.

Ammo konchilar takibida ham Iqbolning qolishi hozircha aniq emas.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia