So’nggi yangiliklar

09:48Де ла Фуэнте бошчилигидаги Испания терма жамоаси рекорд ўрнатди  0 09:14Переснинг "Реал"даги тақдири маълум  2 08:40"Насаф" Ўзбекистон МТЖ аъзосига қизиқиш билдирмоқда  3 08:06Sofascore. Кечаги учрашув қаҳрамонлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:40"Арсенал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  1 03:48Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди"  10 03:03ЖЧ саралаши. Швейцария ва Грецияда ғалаба, Дания ўз уйида Беларусни мағлуб этолмади ва бошқа натижалар  0 02:03ЖЧ саралаши. Испания Грузияга жавобсиз 4 та гол урди, Туркия, Австрия ва Уэльсда ҳам ғалаба  0 01:17U-17 ЖЧ. Нимчорак финал ўйинлари вақти маълум бўлди  14 00:30Суперлига. "Динамо" – "Андижон" 2:0  0 00:25U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия - Ўзбекистон 1:1 (пенальтилар 3:4)  4 00:20Хорватия U-17 бош мураббийи: "Пенальти лоторея эмас. Ўсмирларни йиғлаб турган ҳолатда кўриш оғир"  13 23:42Ўртоқлик ўйинлари. Бразилия Сенегални, Чили эса Россияни мағлуб этди  0 22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  269 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  3

Iordaniya bosh murabbiyi Husayn Ammuta: "Finaldan oldin har qachongidan ham jipsroqmiz" Yangiliklar

Iordaniya bosh murabbiyi Husayn Ammuta: "Finaldan oldin har qachongidan ham jipsroqmiz"

Iordaniya va Qatar termalari o'rtasidagi Osiyo kubogi final o'yinidan oldin iordaniyalik bosh murabbiyi Husayn Ammuta chempionlik o'yiniga bag'ishlangan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Final o'yini qanchalik muhim ekanini tasvirlab o'tirish shart emas. Ikki jamoa ham tarixiy chempionlik uchun jang qiladi. Final o'yiniga odatdagi kabi tayyorgarlik ko'rdik. Futbolchilar o'z darajalarini maydonda asl holicha ko'rsata olishadi deb o'ylayman. O'z darajamizni namoyish qilgan holda finalga etib keldik. Final qanchalik muhimligi barchamizga ravshan. Bu Iordaniya futboli tarixidagi ilk katta sovrin bo'lishi mumkin.

SHu bosqichgacha erishgan natijalarimizdan to'liq qoniqdim. Iordaniyani final o'yinigacha etaklash men uchun eng avvalo shaxsiy sinov edi. Maqsad qo'ydim va bunga erishdik. Hal qiluvchi o'yinga tarkibdagi barcha o'yinchilar tayyor. Kichik jarohat va muammolar bor, ammo barcha o'yinchilar finalga shay.

Qatar amaldagi chempion, bundan tushqari o'z uyida o'ynamoqda. Ularga qarshi o'yinda g'alaba qozonish haqiqiy to'siq. Final o'yinidan oldin jamoa sifatida har qachongidan ham ko'proq birlashganmiz. Finish chizig'ini omadli kesib o'tamiz deb umid qilaman. Kutganimizdan ham ko'prog'iga erishish asosiy maqsadimizdir", -deydi Husayn Ammuta.

Eslatib o'tamiz, Iordaniya va Qatar termalari o'rtasidagi Osiyo kubogi final o'yini 10 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика