So’nggi yangiliklar

12:25Отабек Жўраев: "Кубок финалига чет эллик ҳакамларни таклиф қилиш керак эди. Масалан, Италиядан. Дон Фабио ёрдам берган бўларди деб ўйлайман"  1 11:50Суперлиганинг 26-тур ўйинларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 11:35Абдуқодир Ҳусанов кечаги ўйиндаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 10:43МЮ 21 миллионга сотган футболчисини "Барселона" 90 миллионга сотиб олиши мумкин  2 10:20Шаҳбоз Жўрабеков: "Поезд кетиб бўлди, вақт ортга қайтмайди"  10 09:52​Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким ютқазиш учун ўйнамайди. Элит ОЧЛда яхши ўйнаш керак, аммо..."  2 09:37"Барселона" юлдузи узоқ муддатга сафдан чиқди  5 09:11Андижон ҳокими, Ортиқхўжаев ва Аҳмедов. "Пахтакор"га кубок топширилган тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  18 09:00Мадриднинг "Реал" клуби Винисиуснинг келажаги борасидаги позицияси маълум   11 08:32ОЧЛ 2. "Андижон" гуруҳида пешқадам ўзгарди  3 08:06Англия лига кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  4 08:05Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Бухоро" 1:0  10 07:37Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  11 03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  1 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0

Inyaki Uilyams La Ligada "Atletik" safida 6,5 yil ichida ilk bor o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Xavotir olmang - seriya saqlab qolindi Yangiliklar

Inyaki Uilyams La Ligada "Atletik" safida 6,5 yil ichida ilk bor o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Xavotir olmang - seriya saqlab qolindi

Jarohat?

So'nggi olti yarim yillikda La Ligada bitta doimiy narsa bor: Inyaki Uilyams Bilbaoning "Atletik" jamoasi safida maydonga chiqadi. Hujumchi bu vaqt davomida chempionatdagi birorta o'yinni o'tkazib yubormagan — ketma-ket 236ta o'yin!


Ammo, Inyaki o'tgan hafta "Kadis"ga qarshi o'yinda olgan jarohati seriyani xavf ostiga qo'ydi.


"Hujumchi o'ng tizzasidan jarohat oldi. U tekshiruvdan o'tadi, uning ahvoli yaqin kunlarda nazorat qilinadi", — deyildi "Atletik" bayonotida.


Muxlislar xafa bo'lishdi — noyob muvaffaqiyat bilan bunday xayrlashishni xohlashmaydi. 



Uilyams yana barchani hayron qoldirdi: bir hafta ichida tiklandi va "Espanol"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga chiqdi. Inyaki 71 daqiqa harakat qildi, ammo gol urmadi — "Atletik" 0:1 hisobida yutqazdi. Ammo, seriya davom etadi — ketma-ket 237ta o'yin!


Bu ispan La Ligasining har hafta yangilanadigan rekordi. Avvalgi natija 1994 yilda faoliyatini yakunlagan "Real Sosedad" liberosi Xuan Antonio Larranyagega tegishli edi. San-sebastyanliklar afsonasi ketma-ket 202ta o'yin o'tkazgan. Hatto u ham Inyakidan hayratga tushadi:


"Uilyams bilan bog'liq voqeaning eng aqlbovar qilmas jihati — u hujumchi. Bunday uzun o'yin seriyasi uchun unda qiyin poziciya bor. Forvardlar odatda ko'plab to'qnashuvlarga duch kelishadi. Ketma-ket o'yinlarda o'ynash uchun juda yaxshi tayyorlangan bo'lishingiz kerak.


Men bu haqida gapiryapmanki, sababi o'zim ham har kuni va har hafta bundan jabr chekkanman. Har doim ham 100% o'z imkoniyatlarimni bermaganman, sababi ko'p marta og'riq bilan o'ynaganman. Natijada, bosh barmog'imda travmatik artrit paydo bo'lgan".



Uchinchi o'rinda "Real Sosedad" darvozaboni Luis Arkonada (188ta o'yin) bormoqda. A Seriya etakchisi — 258ta o'yin bilan darvozabon Franko Tankredi ("Roma"). Franciyada birinchi o'rinni butun faoliyati davomida "Oser"da harakat qilgan posbon Faben Kul (307ta o'yin) egallab turibdi. 310 — APL rekordchisi Bred Fridel.


Ularning barchasi "Bavariya"ning afsonaviy darvozaboni Zepp Mayerdan ortda borishmoqda — ketma-ket 442ta o'yin. Bir o'ylab ko'ring: bitta ham o'tkazib yubormasdan 13 mavsum.


Eng kulgilisi, Uilyams 2016 yilda jarohatga moyil hujumchi deb hisoblangan — Inyaki 2015/16 yilgi mavsumning o'zida jarohati sabab 24ta o'yinni o'tkazib yuborgan, ammo keyinchalik o'ziga kelgan va jarohat olishni to'xtatgan. Hujumchi jarohatdan qochish uchun ko'p ishladi va mushaklarini mustahkamladi.


SHunday qilib, Sepp Mayerni taqib qilish davom etmoqda.


Inyaki Uilyams "Atletik" o'yinini o'tkazib yuborganda dunyo qanday edi?


Uilyams so'nggi bor "Atletik" o'yinini 2016 yilning 17 aprelida o'tkazib yuborgan — usiz mehmonda "Malaga"ni mag'lub etishgan. Tushunib olish uchun: raqib darvozasida Ochoa turgan edi, hujumda zaxiradan Roke Santa-Krus tushgan, ularni esa Xavi Grasiya boshqargan.



Markus Reshford asta-sekin "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibiga kirayotgandi. U Premer-ligadagi ilk gollarini 2016 yilning fevralida urgan — "Arsenal"ga qarshi dubl. 6 yil o'tib esa "kanonirlar" (2022 yilning 4 sentyabriga qadar)ga umuman gol urmadi.



"Real"da hali 10ta CHempionlar ligasi kubogi bor edi. O'n birinchisiga hali bir oydan ko'p vaqt bor, Zidan hozirda jamoani "Manchester Siti"ga qarshi yarim finalga tayyorlayotgandi.



Gvardiola hali "Siti"da emas edi, u hali "Bavariya"ni boshqaratgandi. Ammo, to'g'ri, Angliyaga yo'l olishga tayyorlanayotgan bir payt.



Yurgen Klopp "Liverpul"dagi ilk mavsumni o'tkazgandi



Dani Alves "Barselona"da o'ynayotgandi



Mikel Arteta va Stiven Jerrard hali futbol o'ynayotgandi. Ispan yozda, angliyalik qishda faoliyatini yakunlagandi.



Britaniya hali Brexit'ga ovoz bermagandi.





Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика