So’nggi yangiliklar

11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  1 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  10 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  0 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  4 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  8 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3 23:58Шквирин "Андижон"да  3

Intervyu. Useyn Bolt: "Men Ronaldu uchun ovoz beraman" Yangiliklar

Intervyu. Useyn Bolt: "Men Ronaldu uchun ovoz beraman"

Teglar :  IntervyuUseyn Bolt
Yamaykalik sprinter Useyn Boltni bilmaydigan sport ishqibozi bo'lmasa kerak. U barcha davrlarning eng kuchli sprinteri hisoblanadi.

Bolt 2008 yilgi Olimpiada o'yinlarida 100 m. va 200 metrga yugurish bo'yicha oltin medallarni qo'lga kiritgan. SHuningdek, London-2012 va Rio-2016da uchtadan oltin medal sobihi bo'lgan. SHu yil sportchi engil atletikadagi faoliyatini tugatdi. Useyn Bolt FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida keyingi rejalari haqida gapirib berdi. 

- Yamayka terma jamoasi 1998 yil Franciyada o'tgan jahon chempionatida ishtirok etgan payt siz 11 yoshda edingiz. Bu musobaqani kuzatganmisiz? 
- Men Vatanim terma jamoasi jahon chempionatiga chiqqan kunni hech qachon unutmayman. O'shanda Bosh vazir mamlakatda bayram elon qilgandi. Qolaversa, mundialdagi birinchi golimiz ham esimda qolgan: Robbi Irl bosh bilan Xorvatiya darvozasiga urgandi. SHuningdek, Teodor Uitmor Yaponiyaga ikkita gol urganini ham bilaman. 

- Mana yaqinda sprinterlikni tugatdingiz. Endi o'zingizni futbolda sinab ko'rasizmi? 
- Men jon deb o'zimni birorta klubda sinab ko'rgan bo'lardim. Menga futbol doim yoqqan va buni hamma biladi. O'zimni futbolda sinab ko'rishim mumkinligi haqida intervyu berganimdan keyin bir qator klublar menga taklif bilan chiqishdi. Ammo avgust oyida jarohat olganim bois hech qaerga bora olmadim. O'ylashimcha, keyingi yil baribir futbol o'ynayman. 

- Hech mashg'ulot paytida boshqa sprinterlar bilan to'p tepganmisiz? 
- Biz qishda Yamaykada ko'p bor futbol o'ynaymiz. Albatta, bu murabbiylarimizga yoqmasdi, chunki ular mening jarohat olishimdan qo'rqishardi. Lekin shuni aytishim mumkin, men to'p tepib hali jarohat olgan emasman.

- Hozirda 2016/17 mavsum yakunlari bo'yicha eng yaxshi 11talikni aniqlash avj olmoqda. Siz ramziy terma jamoaga kimlarni qo'shgan bo'lardingiz? 
- Jahonda buyuk futbolchilar ko'p. SHu bois 11talik tarkibni tuzish oson emas. Lekin men hujum chizig'iga albatta Neymar, Messi va Ronalduni qo'ygan bo'lardim. Darvozani Buffon qo'riqlaydi. Markaziy himoyada Bonuchchi bilan Serxio Ramos. O'ngda Dani Alvesh, chapda esa Marselo. Yarim himoyada Pol Pogba, Ngolo Kante va Filipp Koutino. 

- FIFAning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun uch futbolchi kurashmoqda: Ronaldu, Messi va Neymar. Siz kim uchun ovoz berasiz? 
- Ronaldu uchun. Albatta, ro'yxatdagi uchala futbolchi ham ajoyib, lekin Ronaldu o'tgan mavsum Ispaniya chempioni bo'ldi, Evropa chempionlar ligasida zafar quchdi, shuningdek to'purarlikni qo'ldan boy bermadi. 

- Eng yaxshi murabbiy bo'lish uchun ham uch nafar nomzod bahs olib bormoqda: Zidan, Konte va Allegri. Kimning qo'l ostida jon deb o'ynagan bo'lardingiz? 
- Zidanning jamoasida to'p tepishdan hech qachon bo'yin tovlamagan bo'lardim. Men uni o'yinchilik paytidan beri hurmat qilaman. Murabbiy sifatida ham Zidan o'sdi. U beshta musobaqada beshta sovrinni qo'lga kiritdi va bunga qoyil qolsa arziydi. 

- Eng yaxshi darvozabon kim? 
- Albatta, Janluiji Buffon. U deyarli 40 yoshda, lekin haliyam navqiron. Yaxshi darvozabonlar har doim maydondagi o'yinchilar uchun ishonch bo'lib turadi. Men Buffon bilan tez-tez ko'rishib turaman va uning engil atletikani tugatganimdan so'ng yuborgan xabari meni xursand qildi.

- Siz uchun London qanday shahar? 
- Mana, 15 yildirki Londonga har yili kelaman. Bu xuddi ikkinchi uyimdek bo'lib qolgan. SHaharda yamaykaliklar nihoyatda ko'p va ko'cha-ko'yda vatandoshlarimni uchratib qolsam beetibor qoldirmayman.

- Ayting-chi, eng yaxshi bo'lish uchun nima qilish kerak? 
- Iqtidor bo'lmasa qiyin. Bundan tashqari, mehnat, ishga sadoqat va intizom ham nihoyatda muhim o'rin tutadi. Men cho'qqiga chiqish uchun ko'p ishlaganman va bu oson bo'lmagan. Muvaffaqiyatga erishish uchun bazan ko'p narsani qurbon qilishingga to'g'ri keladi. Masalan, ziyofatlarga borish, do'stlar bilan ko'ngilxushlik qilishdan ko'p marta voz kechganman. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика