So’nggi yangiliklar

11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  1 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  3 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  0 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  4 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  8 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3 23:58Шквирин "Андижон"да  3

Intervyu. Magametov va Denisov Farrux Turdalievga qanday sovg'a bergan? Yangiliklar

Intervyu. Magametov va Denisov Farrux Turdalievga qanday sovg'a bergan?

O'tgan yili birinchi ligada Quvasoyning “Cementchi” jamoasida faoliyat olib borgan Farrux Turdaliev ayni damda “Neftchi” klubidada faoliyat yuritmoqda.

Biz Farrux Turdaliev bilan bog'lanib faoliyati borasida suhbatlashdik.

- O'tgan yili birinchi ligada faoliyat yuritdingiz. Siz uchun 2017 yil qanday o'tdi?

- 2017 yilgi mavsumni “Andijon” jamoasida boshlashim kerak edi. Har holda og'zaki kelishuvga erishgan edik. Lekin qandaydir tushunarsiz holat yuz berdi va menga javob berib yuborishdi. Bu holatni tushunolmay qoldim. Futboldan ko'nglim sovib ketdi. CHempionat boshlanishiga bir necha kun qolganida taqdirga tan berdim va o'qishga otlandim. Toshkentda jismoniy tarbiya oliygohiga o'qishga xujjat topshirdim. Oradan bir necha kun o'tgach, “Xotira-79” jamoasi bosh murabbiyi Mehmon aka qo'ng'iroq qildilar va xali yoshligimni, futbol o'ynashim kerakligini, taslim bo'lmasligimni tushuntirdilar. SHundan so'ng, jamoaga taklif qildilar. Birinchi davrani “Xotira-79” jamoasida o'tkazdim. Ikkinchi davrada esa “Cementchi”dan chorlov bo'ldi. Bu erda oldin faoliyat yuritganim uchun, murabbiylar bilan ham, rahbariyat bilan ham yaxshi tanish edim. SHuning uchun yo'q demasdan chorlovni qabul qildim.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qay darajada olib borilmoqda?

- Hozir barcha jamoalar singari biz ham jismoniy holatimizga ko'proq etibor bergan holda tayyorlanyapmiz. 

- Yangi mavsumga rahbariyat tomonidan vazifa qo'yildimi?

- Har bir uchrashuvda g'alaba kozonib farg'onalik muxlislarni xursand qilish vazifasi qo'yildi. Bilasiz, oxirgi yillarda Farg'onada futbol biroz pastlagandek tuyulmoqda. Lekin biz shuni aksini isbotlashga harakat qilmoqchimiz.

- Bilamizki siz avval ham "Neftchi" jamoasida faoliyat olib borgansiz. O'tgan yili ushbu jamoaning salbiy natija ko'rsatishiga nima sabab bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- Men shu klubda katta bo'ldim, futbolchi bo'lib etishdim. Yuriy Vazgenovich Sarkisyan davrida faoliyat olib borganman. Uning tarbiyasini olganman. Hozir “Neftchi”da boshqa odamlar ishlamoqda. O'tgan yili “Neftchi” nima uchun salbiy natija qayd etganiga bir nima deya olmayman.

- Yuriy Vazgenovich Sarkisyan davrida klub qanday edi?

- Yuriy Vazgenovich doim birinchi o'ringa jamoani qo'yardi. Bir, ikkita futbolchini jamoaga alishmayman, deb doim aytardi. Juda ham qattiqqo'l murabbiy edi. Intizomni birinchi o'ringa qo'yardi. “Poryadok bet klass” degan gaplari hech qachon yodimdan chiqmaydi. Eng asosiysi, u hamma narsaga bosh edi. Ushbu murabbiyning gapini hech kim ikki qila olmasdi. 

- Yuriy Vazgenovichni juda ham qattiqqo'l murabbiy bo'lgan, deb aytyabsiz. Oxirgi paytda "Neftchi"ga shunday qattiqqo'l murabbiy etishmagandir?

- Yuriy Vazgenovich birinchi navbatda kuchli ruhshunos. Masalan Mourinoni shunday ruhshunos deb eshitganman. Ser Aleks Fergyusson, Qurbon Berdievlar shular jumlasidandir. Afsuski, bunday murabbiylar futbolda sanoqli. Yuriy Vazgenovich kimga qachon, qanday gapirishni bilardi. Bu futbolni ichidagi yozilmagan qonunlardan biri. SHuning uchun ham Sarkisyan o'zbek futboliga juda ko'plab nomlarni etishtirib bergan. 

- Darvozabon bo'lishingizga, umuman futbolga kirib kelishingizga nima sabab bo'lgan?

- Franciyada bo'lib o'tgan 1998 yilgi jahon chempionati futbolga kirib kelishimga va darvozabon bo'lishimga sabab bo'lgan, desam mubolag'a bo'lmaydi. O'sha yili barcha bolakaylar singari yozgi oromgohda edim. O'shanda jahon chempionati bo'layotgan payt edi. Ronaldoning o'yinlari yoqib qolgan va futbolga bo'lgan qiziqish paydo bo'lgan. 2000 yilgi Evropa chempionatida Franchesko Toldoning o'yinlardagi seyvlarini ko'rib darvozabon bo'lish fikri paydo bo'ldi. Ko'rib turganingizdek, orzularim amalga oshdi.

- O'z oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

- Superliga bahslarida muntazam ravishda ishtirok etish, klubimga yuqori o'rinlarni egallashda yordam berish. Har bir futbolchining orzusi bo'lganidek, O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida bayrog'imizni ballandlarga ko'tarish eng katta orzum.

- Bizda saviyali darvozabonlar nisbatan kamroq. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Nimaga kam ekan? Legioner darvozabonlar cheklovidan keyin, ko'plab mahalliy darvozabonlar o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi. Darvozabonlar murabbiyi paydo bo'lganiga ham ko'p bo'lmadi. SHuning uchun asta-sekinlik bilan bizda ham yuqori saviyadagi darvozabonlar soni ko'payadi, deb uylayman. 

- Har bir futbolchi professional darajaga etishgunga qadar qiyinchiliklarni boshidan o'tkazadi. Sizda ham shunday qiyinchiliklar bo'lganmi, misol uchun moliyaviy tomondan?

- Men buvimni qaramog'ida katta bo'lganman. Buvim menga ham otalik, ham onalik qilganlar. Yoshligimda yoshlar terma jamosiga chaqirishganida, kiyishim uchun butsam ham bo'lmagan. O'shanda Gennadiy Denisov va Farxod Magametov (o'sha paytdagi terma jamoani murabbiylari) o'zlarining butsalarini menga berishgan. SHundan so'ng “Neftchi”ga taklif qilishgan. “Neftchi”da barcha sport kiyimlari va butsa bilan taminlashgan. O'shanda professional butsamni kiyganman. 

- Muxlislarga tilaklaringiz?

Muxlislarimiz bizni doim qo'llab-quvvatlashdan charchashmasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Birlashib Farg'ona futbolini yuksaklarga ko'tarish bizning ham qarzimiz, ham farzimizdir. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика