"Surxon" U-21 chempionati to'purari bilan shartnoma imzoladi
06 jan 09:23
Yangiliklar
"Surxon" U-21 chempionati to'purari bilan shartnoma imzoladi
Termiz klubi o'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazib, U-21 ligasida 25 ta gol bilan to'purar bo'lgan Farrux Qodirovni o'z safiga qo'shib oldi.
"Klubimiz futbolchilar selekciyasini davom ettirmoqda. Bu safar jamoamizga yosh va istedodli hujumchi Farrux Qodirov kelib qo'shilganini elon qilamiz. 21 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda "Bunyodkor" U-21 jamoasi safida to'p surib, yoshlar chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi — u 25 ta gol urib, 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ushbu transfer klubimizning yosh futbolchilarni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasini davom ettiradi. Qodirov bilan shartnoma 2+2 tizimi asosida imzolandi.
Klub nomidan Farruxga jamoamiz safidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar