"Inter" va "Yuventus" Donnarummani qo'lga kiritmoqchi
08 may 22:15
Yangiliklar
"Inter" va "Yuventus" Donnarummani qo'lga kiritmoqchi
PSJning italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarumma joriy yoki kelasi mavsum oxirida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
26 yoshli posbonni "Inter" va "Yuventus" klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda. Milanliklar Donnarummani 2025/26 yilgi mavsum oxirida tekinga qo'lga kiritmoqchi va futbolchiga yiliga 9 million evro to'lashga tayyor.
Turin klubi bu transferni yozda amalga oshirishni maqul ko'radi va PSJga kichikroq summa va Donnarummaga "Inter"nikidan kamroq maosh taklif qiladi.
Darvozabon 2021 yildan beri francuz klubida o'ynamoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar