"Inter Mayami"ni kim boshqarishi aniq
22 noy 2024 22:08
Yangiliklar
"Inter Mayami"ni kim boshqarishi aniq
Xaver Maskerano "Inter Mayami"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
Amerika klubi ayni damda bu boradagi hujjatlarni tayyorlamoqda, argentinalik mutaxassis klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Endi Xaver Maskerano Argentina U20 termasi bosh murabbiyligidan ketadi. Bunga qadar "Inter Mayami"da Xerardo Martino ish olib borayotgandi va shaxsiy sabablarga ko'ra istefoga chiqqandi.
Maskerano va Leo Messi "Barselona" va Argentina termasida birga o'ynagan. Ayni damda "Inter Mayami"da Luis Suares, Serji Buskets va Jordi Alba kabi "Barselona"ning sobiq futbolchilari bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar