Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: "Bunday xatti-harakatlari bilan Yamal cho'qqida uzoq turolmaydi"
14 noy 09:20
Yangiliklar
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi: "Bunday xatti-harakatlari bilan Yamal cho'qqida uzoq turolmaydi"
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xaver Klementening fikricha, "Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal o'zini yaxshi tutmasa, hozirgi o'yin darajasini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi.
Yamal 2025 yilgi "Oltin to'p" uchun ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi, biroq so'nggi oylarda maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari uchun qattiq tanqid ostiga olindi.
"Yamal - juda yaxshi futbolchi, lekin uning muammosi shundaki, agar u shaxsiy hayotida o'zini sportchidek tutmasa, hozirgi darajasida uzoq vaqt futbol o'ynay olmaydi. Bunday hayot bilan Yamal cho'qqida uzoq turolmaydi U shaxsiy hayotini to'g'irlashi kerak.
Yamal maydonda ajoyib ishlarni amalga oshirishga qodir, buni hamma biladi. Biroq bu iqtidorni to'g'ri yo'lda ishlatish lozim", - deb fikr bildirdi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar
Abetdan keyin chiqgan boyvachchadek uzini tutsa bola otasidan urnak oladi
Shu ketish bulsa Neymar darajasiga ham chiqolmaydi