So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

Ilyos Qurbonov: "Avval aytganimdek, "Metallurg" Superligadan tushib ketmasligi kerak edi" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "Avval aytganimdek, "Metallurg" Superligadan tushib ketmasligi kerak edi"

Superliganing oxirgi yo'llanmasi uchun "Olimpik" va "Metallurg" jamoalari kuch sinashdi.

Bellashuv 2:1 hisobida bekobodliklar foydasiga hal bo'ldi. Uchrashuvdan keyin jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Uning birinchi qismida Ilyos Qurbonov ishtirok etdi.


"Barchaga assalomu alaykum. O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, oxirgi to'rt, besh, oltita turning barchasi finaldek bo'ldi. "Bunyodkor"dan boshlanib, OKMK, "Surxon", "Nasaf" va bugungi bellashuv ham final edi. Avval ham aytganimdek, biz maydonga finaldek chiqishimiz kerak edi. Har bir ochko biz uchun muhim edi. 

Raqibni yaxshi bilardik. Bizning rejamiz bo'yicha yuqoriroqdan pressing qilishimiz kerak edi — uddaladik deb o'ylayman. Juda ko'p bor ularning darvozasiga yaqin zonalarda to'pni olib qo'ydik. Qaysidir pallalarda sovuqqonlik etishmadi, ikkinchi bo'limda esa qaysidir vaziyatlarda maydon holati bizga pand berdi. Vaziyatlar ko'p bo'ldi. Haqli g'alabaga erishdik.

Avval aytganimdek, "Metallurg" Superligadan tushib ketmasligi kerak edi. Buni 6 tur oldin aytib o'tgandim. Biz bu joyga loyiq emasmiz. 

O'ylaymanki, oldimizga qo'ygan vazifani bajardik. Buning uchun bolalarga rahmat aytaman, oxirigacha o'ynashdi, kurashishdi", - dedi Ilyos Qurbonov.

Mavsumni 2:1 yutib turib, 2:2 hisobida durang bilan boshladik. To'g'ri, bizda qaysidir manoda psixologik jihatdan qo'rquv, bosim bor edi. Har bir xato uchun qo'rqardik. Mavsum oxirida 3-4 ta tur qolganida bosh murabbiy boshqa klubdan taklif bo'lib, ketib qoldi. Men bu jamoada uzoq yillardan buyon ishlayman. Jamoani boshqa mutaxassis mendan yaxshiroq bilmasdi. Sababi men etti, sakkiz, o'n yildan buyon klubdaman. Meni qilgan ishim, vazifam yigitlarga ishonch berish edi. Bilardim, yigitlar yaxshi futbol o'ynashini. Sababi har bir futbolchimiz malakali o'yinchilar deb o'ylayman. Ularga faqatgina psixologik jihatdan ishonch berish muhim edi. Qo'limdan keldi, buni uddaladim va "Surxon", "Nasaf"ga qarshi hal qiluvchi, juda qiyin o'yinlar bo'ldi. Etibor qilgan bo'lsalaring, birinchi davrada ham aynan shu "Olimpik", "Nasaf" va "Surxon"ga qarshi o'yinlarda boshqaruv mening qo'limda qolib ketgandi. O'shanda Vesko Steshevich ishdan olinganidan keyin. 

Men uchun "Nasaf", "Surxon" yangilik emas edi. Ularning qanday o'ynashini, qanday himoyalanib, qanday hujum qilishini bilardim. Etibor bergan bo'lsangiz, birinchi davrada ham biz "Nasaf"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandik. Aytmoqchimanki, biz o'z maydonimizda chempionni yutishimiz tasodif emasdi. Istagan mutaxassis o'sha bahsni tahlil qilib ko'rishi mumkin, biz o'yin tomonidan "Nasaf"ga imkon bermagandik.

Aytib o'tganimdek, bu yil jamoamiz uchun og'ir o'tdi. Omadsiz startdan keyin ancha qiynaldik. To'g'ri aytdingiz, 14 ta durang o'ynadik va bugun o'sha duranglar bizga as qotdi. O'sha bahslarda durang emas, mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Natijada, jamoa taqdiri ancha oldin hal bo'lardi. 

"Qo'qon-1912" o'yiniga kelsak — oddiy jamoa emas. Yaxshi legionerlar bor, oliy ligada to'p tepgan futbolchilar bor. Bu yil bizda PRO-Ligada oddiy jamoalar yo'q. PRO-Ligadan to'rtta jamoa oliy ligaga yo'llanma olishi shunchaki emas. Bu oddiy holat emas. O'sha "Buxoro", o'sha "Mashal", o'sha "Qo'qon". Tushunyapsizlarmi, ular yomon jamoa emas. 

Qo'qonda o'yinga ko'rsatma boshqacha edi. Biz ko'proq to'pni nazorat qilishimiz kerak edi. Lekin biz ko'proq raqibning o'yiniga moslashib qoldik. 75 yoki 77 daqiqada bitta standart, burchak to'pidan gol urib ketishdi. Nazoratni yo'qotib qo'ydik. Penaltilar seriyasi esa o'sha erda ham aytib o'tdim, bu psixologiya va omad. Omad o'shanda "Qo'qon"ga kulib boqdi. 

Keyingi yil bo'yicha hali reja tuzganimiz yo'q. CHunki asosiy vazifamiz — Superligada "jon saqlab qolish" edi. Keyingi yilga qaysi mutaxassis kelishini rahbariyat hal qiladi. Oxirgi turlarda menga ishonib, jamoani topshirishdi. Men o'zimni "Metallurg" uchun, Bekobod uchun qo'limdan kelganini qildim. Xursand bo'lganim, yigitlar men nimani istayotganimni tushunishdi,    menga quloq solishdi va biz shu natijaga erishdik. Qolganini rahbariyat hal qiladi".



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика