So’nggi yangiliklar

23:07АПЛ старт олмоқда: "Ливерпуль" - "Борнмут" учрашувининг асосий таркиблари билан танишинг!  4 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  1 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  4 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  10 21:28Микель Артета: "Арсенал" катта соврин ютиши керак"  1 20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  1 20:11"Манчестер Юнайтед" ҳамон "Спортинг" сардори билан шартнома имзолаш ниятида  9 20:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  42 19:43"Тоттенхэм" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячиси учун 55 млн евро таклиф қилди  0 19:20"Ливерпуль"га керагидан ортиқ баҳо бериб юборишмаяптими? Слот жамоаси Англия чемпионлигини ҳимоя қилиши қийин бўлади  7 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  1 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  9 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  9 17:44Футзал бўйича Олий лига баҳсларига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0

Ilhom Mo'minjonov: "Dinamo"ning ikki futbolchisiga o'yin bermay g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Dinamo"ning ikki futbolchisiga o'yin bermay g'alabaga erishdik"

Dinamo - Navbahor (0:1) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Biz bir hafta mobaynida Dinamo jamoasining uchta uchrashuvini o'rganib chiqqandik. Samarqand jamoasi kuchli pressing va tezkor hujumlar orqali o'yin namoyish etishini bilardik. SHu bois shu kuni jamoaning etakchilari qatorida Javohir Qahramonov va Sardor Sulaymonovlarga o'yin bermasligimiz lozim edi. Yigitlar buni uddalashdi, himoyada ham mustahkam to'p surib, Xudoga shukur g'alaba bilan qaytayapmiz.

- Demak, o'yinda avval ushbu ikki futbolchini yopish uchun alohida ko'rsatma bergansiz?


- Xuddi shunday, hattoki kechagi mashg'ulotlarda ham yigitlarga avvalo mana shu ikki futbolchiga o'yin bermaslikni uqtirgandim. SHu bois Qahramonov va Sulaymonovni o'yin bermay, himoyada yaxshi o'ynay oldik.

- Ilhom aka, Oybek Qilichev qizil kartochka olgan vaziyatda nega futbolchiga emas, hakamga etiroz bildirdingiz?


- Oybek Qilichev qizil kartochka olgan vaziyatda futbolchini zaxiraga olgandim va bor etiborim maydonda edi. Zaxira hakamidan nima uchun deb so'rganimda, indamadi. Bosh hakam esa u muxlislarni qo'l ishorasi bilan so'kkanligini aytdi. CHindan ham bu vaziyatda Qilichevni oqlay olmayman, u juda noto'g'ri ish qildi va chetlatishga munosib edi. Biz ham Oybek Qilichevni bu ishi uchun jazolaymiz.

- Mansur Saidovning yo'qligi bugun sezildimi?


- CHindan ham sezildi. Men Mansur Saidovni Oliy Liganing eng kuchli besh yarimhimoyachilaridan biri deb hisoblayman. Uchta o'yinda o'ynamaydi, bugun bittasini o'tkazdi, ikkita o'yindan keyin yana safga qaytadi. Bugun uning o'rnida Oybek Qilichev to'p surib, vazifasini to'g'ri bajardi.

- Bugun Namangan jamoasining o'yinni haddan ortiq cho'zib yuborgani muxlislarning haqli etiroziga sabab bo'ldi. Bu borada jamoangiz bilan tushuntirish ishlari olib borishingiz kerakdir, balki?


- Bilasizmi, so'nggi ikkita o'yinda yaxshi o'yin namoyish etib, bor yo'g'i bir ochko jamg'argan edik. SHu bois bugun har qanday holatda ham faqat g'alabani ko'zlagandik. To'g'ri futbolchilar g'alabani qo'lga kiritish uchun muxlislarga yoqmaydigan holat qilishgandir, ammo eng asosiysi ayni damda tablodagi hisob.

Dinamo jamoasiga omad tilab qolaman. Samarqandda ajoyib jamoa shakllanmoqda. Jamoa 90 daqiqa Metallurg, SHo'rtan va Paxtakorga qarshi tinim bilmadi va g'alabaga erishgandi. Bugun 15 ming muxlisi qarshisida yomon o'ynamadi, ammo omad biz tomonda bo'ldi. Mana shunday futbol atmosferasida to'p surish har bir jamoaga zavq bag'ishlaydi.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика