So’nggi yangiliklar

21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  0 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  0 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  1 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  1 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  12 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  1 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  4 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  13 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  1 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  22 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  5

Igor Sergeev: "Eldorning yo'qligi katta yo'qotish, ammo bizda yaxshi hujumchilar bor" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Eldorning yo'qligi katta yo'qotish, ammo bizda yaxshi hujumchilar bor"

Bir necha kunlardan so'ng Qatarda Osiyo kubogi start oladi.

O'zbekiston terma jamoasi allaqachon Qatardagi mashg'ulotlarini boshlab yuborgan. Milliy jamoamiz hujumchisi Igor Sergeev bugungi mashg'ulotlar oldidan Championat.asia sayti jurnalisti savollariga javob berdi.

- Tez orada Osiyo kubogi start oladi. Turnirdan oldin terma jamoamiz asosiy hujumchisi Eldor SHomurodovni yo'qotdik. Bu terma jamoaga qanday tasir o'tkazadi. Eldorning o'rnini kim bosishi mumkin?

- Eldorning yo'qligi albatta katta yo'qotish. U bizning sardorimiz, etakchimiz. Kim uning o'rnini bosishini men hal qilmayman. Bu narsani bosh murabbiy raqibning uslubiga qarab belgilaydi. Bizda juda ko'p yaxshi hujumchilar bor.

- Siz o'zingiz haqingizda aytyapsizmi? (hazil ohangida)

- Yo'q, albatta. Bobir, Aziz Amonov - zo'r hujumchilar. Ularning barchasi legioner hisoblanishadi. SHomurodovning o'rniga kim maydonga tushishini bilmadim, ammo Eldorning yo'qligi katta yo'qotish. Harakat qilamiz, bu futbol. Kutilmagan jarohatlardan hech kim kafolatlanmagan. 

- Birinchi turdagi raqib Suriya terma jamoasi. Ularning bosh murabbiyi O'zbekiston termasi sobiq ustozi Ektor Kuper. Suriya nashrlari Kuper va uning jamoasi O'zbekistondan "qasos" olishga harakat qilishi haqida yozmoqda. SHu jihatdan olib qaralsa, sizda bu o'yinga qo'shimcha motivaciya bormi?

- Bu Osiyo kubogidagi birinchi o'yin. Kim murabbiy bo'lishini, qaysi jamoaga qarshi o'ynashning nima farqi bor. Bu birinchi o'yin. Har qanaqasiga ham borimizni berishimiz aniq. Qasos yoki shunga o'xshash so'zlarga tushunmadim, to'g'risi. Biz bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Suriya qanday harakat qiladi, bu ahamiyatsiz. Agar ularda qandaydir xafagarchilik bo'lsa, bu yanada yaxshi. CHunki, hayolida futboldan boshqa narsa bor o'yinchi ko'p holatlarda yaxshi harakat qilolmaydi. SHunday ekan, bu mazmundagi gaplarga unchalik ham qo'shilmayman. Bu Osiyo kubogi! Nima farqi bor qaysi o'yin. Maydonga tushish va u erda jon berish kerak.

- 2015 yilgi Osiyo kubogining birinchi o'yinida siz kiritgan yagona gol O'zbekistonga g'alaba taqdim etgan. Birinchi turda Suriya kabi jamoaga qarshi o'ynash siz uchun qanchalik qiyin bo'ladi. Sababi, ular ham asosan himoyadan harakat qilishadi...

- Buni bilaman. Hech qaysi raqibga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Birinchi golga kelsak, kim urishining ahamiyati yo'q, g'alaba qozonsak bo'ldi. Yakkama yakka holatga chiqsam va yonimdagi sherigim 100% lik vaziyatda bo'lsa, yaxshisi men to'pni unga oshiraman. Qiyin bo'lishi aniq, hamma borini beradi. 


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика