Igor Sergeev: "Agar siz o'zingizni o'ylab o'ynasangiz, hech narsa o'xshamaydi"
04 noy 14:09
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Agar siz o'zingizni o'ylab o'ynasangiz, hech narsa o'xshamaydi"
"Birinchi taymda yaxshi o'ynadik. Bo'shashganimizdan keyin 10 daqiqada 2 ta gol o'tkazib yubordik. O'yin so'ngida juda asabiylik kuzatildi. Lekin yaxshiki, yigitlar o'zlariga kelib olishdi va uchrashuv oxirida natijani mustahkamladik. Birinchi taymni zo'r o'tkazdik, ikkinchisida ancha bo'shashdik.
3:0 dan keyin diqqat-etiborni yo'qotish oqibatida gollar o'tkazdik. "Bunyodkor" hujumchilari imkoniyatlardan unumli foydalanib ketishdi.
Men qancha yildan beri o'ynayotgan bo'lsam, agar siz o'zingizni o'ylab o'ynasangiz, hech narsa o'xshamaydi. Jamoa uchun jon kuydirib o'ynasangiz, hammasi o'z-o'zidan yaxshi kechadi va gollar ham urasiz. "Bunyodkor" vakillari meni yaxshi himoya qildi. Jamoaviy o'yinni qurish uchun maydonda mehnat qildim. Muhimi, g'alaba qozondik. Men gol ursam-u, jamoa yutqazganida, xursandchilik ko'ngilga sig'masdi. Men gol ursam va jamoa ham yutsa, bu zo'r", – dedi Sergeev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar