Husniddin Nishonov: "Kosta-Rikani nima qilib bo'lsa ham yutishimiz lozim"
18 sen 2024 11:40
Yangiliklar
Husniddin Nishonov: "Kosta-Rikani nima qilib bo'lsa ham yutishimiz lozim"
- O'yin haqida
- O'yin haqida nima ham deyishim mumkin? Biz hozir juda ham og'ir ahvoldamiz. Har doimgidek, qo'rqib o'ynayapmiz. 2 ta stantdart orqali darvozamizdan 2 ta to'p olib chiqdik. SHu bilan o'yin izidan chiqib ketdi. Tushunarsiz holatdamiz. Muxlislardan, xalqimizdan uzr so'raymiz.
- Siz va boshqa futzalchilar tomonidan Elbek To'lqinovga ko'plab etirozlar bildirildi...
- Faqat Elbek To'lqinov xato qilmadi. Hammamiz ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Birgina Elbek yutqazmaydi, butun jamoa yutqazadi. Bizda hali ham imkoniyat bor. Kosta-Rikani qanaqa qilib bo'lsa ham mag'lub etishimiz kerak. Hammasi o'z qo'limizda, bu imkonni oy bermasligimiz kerak.
- Mana 2 ta o'yin ortda qoldi. Biroq terma jamoa standart vaziyatlar orqali aytarli vaziyat yaratmadi. Bu borada nima deya olasiz?
- Buni ko'rib chiqamiz. Kosta-Rikani nima qilib bo'lsa ham yutishimiz lozim. Musobaqa uyimizda o'tyapti, salbiy natija bo'lmasligi kerak deb o'ylayman.
- Jarohatingiz qay darajada?
- Alhamdulilloh, hozir barchasi joyida.
- Bugun muxlislar tinim bilishmadi...
- Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishsin, keyingi bahsda albatta o'zimizni ko'rsatamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar