So’nggi yangiliklar

14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  0 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  3 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  4 13:19Дино Дзофф Италия Норвегияга ютқазгани ҳақида: "Бунга сабаб - А Серия. Темп секин, ҳакамлар хуштак чалаверишади"  4 12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   12 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  2 12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  17 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  22 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  1 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  4 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  8 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  4

"Qo'qon-1912" jamoasiga sovrindor bo'lish vazifasi qo'yildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" jamoasiga sovrindor bo'lish vazifasi qo'yildi

Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol assocaciyasi prezidenti Hayrullo Bozorov "Qo'qon-1912" jamoasi bilan uchrashdi.

"Kecha "Qo'qon-1912" jamoasiga qarashli markaziy stadioniga  Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol assocaciyasi prezidenti Hayrullo Bozorov, viloyatning mansabdor shaxslari , Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va viloyat federaciyasi masul hodimlari tashrif buyurdilar.

Viloyatimiz hokimi jamoamiz murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida Hayrullo Hayitbaevich "Qo'qon-1912" jamoasining so'nggi turlardagi ko'rsatayotgan o'yinidan mamnun ekanliklarini, ayniqsa, "Paxtakor" jamoasi bilan so'nggi turdagi durang natijasi nafaqat Qo'qon shahri futbol muxlislari, balki Farg'ona viloyati futbol ixlosmandlari ham xursand bo'layotganini takidlab, jamoamiz azolariga ushbu natijalar uchun minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, jamoamizning keyingi o'yinlariga ham omad tiladilar.

Shuningdek, viloyatimiz hokimi kelasi yil uchun reja ishlab chiqish kerakligi bo'yicha "Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyatiga topshiriq berdilar. Keyingi mavsumda jamoamizga sovrindorlar qatoridan joy olish vazifasi ham qo'yildi. Vazifa yo'lida Xayrullo Bozorov maksimal ko'mak berishlarini ham takidlab o'tdilar. 

Shu qatori, "Qo'qon-1912" jamoasiga ko'rsatilayotgan ko'mak uchun viloyatimiz hokimiga jamoamiz  nomidan "Qo'qon-1912" jamoasi rahbari Akramjon Mamadaliev o'z minnatdorliklarini bildirdilar. 

Shuningdek bosh murabbiyimiz Bahromjon Haydarov va jamoamiz sardori Iqboljon Malikjonovlar ham viloyat rahbariga o'z minnatdorchiliklarini  bildirib, oldimizda turgan so'nggi ikkita bahsda ham maksimal natija ko'rsatib, viloyatimiz va shahrimiz muxlislarini xursand qilishga vada berishdi. 

Uchrashuv yakunida jamoamiz azolari yakunlanayotgan mavsumni yuqori notada yakunlab, kelasi mavsumga puhta  tayyorgarlik ko'rishlarini ham takidlab o'tishdi", - deyilgan qo'qonliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabar.


Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
19 noy 14:10:58
Faxriddin Aliyev
Qiyin
   
19 noy 14:47:07
Сидней 2015
Омад тилаймиз!
   
19 noy 14:40:53
dessi anvar
демак исломжон исмоилов мўлжал
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика