Husayn Norchaev O'zbekiston chempionatiga qaytdi
04 fev 2024 18:37
Yangiliklar
Husayn Norchaev O'zbekiston chempionatiga qaytdi
Ijara bitimi 1 yilga mo'ljallangan.
"Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Rossiyaning "Alaniya" futbol klubiga tegishli yosh iqtidorli hujumchi Xusayn Norchaev ijara asosida bir yillik shartnomaga imzo chekdi .
Malumot o'rnida, Xusayn Norchaev o'tgan mavsumda Rossiya birinchi divizionida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi. SHuningdek, futbolchi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida shu kungacha ko'plab rasmiy va o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi. SHu bilan birga futbolchi milliy terma jamoamizga ham nomzod hisoblanadi.
Ahil jamoamiz va ko'p sonli muxlislarimiz nomidan Xusayn Norchaevga farg'onaliklar safida yanada g'ayrat va shijoat bilan harakat qilib, "Neftchi" sharafini munosib hissa qo'shishidagi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar