Hakimi: "Zidan menga ishonayotganidan juda xursandman"
18 okt 2017 13:26
Yangiliklar
Hakimi: "Zidan menga ishonayotganidan juda xursandman"
"Real" himoyachisi Ashraf Hakimi "Tottenxem"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvidan so'ng, juda baxtli ekanligini aytdi.
Zinedin Zidan shogirdlari o'z maydonida 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Hakimi bu turnirda debyut qildi.
"Har bir futbolchi o'ynashni istaydigan turnirda debyut qilganimdan baxtliman. Zidan menga ishonishidan juda xursandman. Biz g'alabaga umid qilgandik va ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Keyingi uchrashuvlarda to'p raqib darvozasiga kirishiga umid qilaman. "Tottenxem" yaxshi jamoa ekanligini bilamiz, ammo "Real" ajoyib o'yin ko'rsatdi" - deydi Hakimi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 1 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar